Noma’lum şaxslar Niderlandiyaning Assen şahrida joylaşgan Drente muzeyiga bostirib kirib, Ruminiyaning «Dakiya! Oltin va kumuş qirolligi» körgazmasiga tegişli qator eksponatlarni öğirlab ketdi. Bu haqda Ruminiya Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Idora ma’lumotlariga köra, 25 yanvar kuni muzeyda portlaş sodir bölgan, taxminlarga köra, bu binoga kiriş uçun uyuştirilgan. Natijada, Dakiya xazinasiga tegişli artefaktlar öğirlab ketilgan.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, portlaş Ruminiyaga tegişli Dakiya xazinasi eksponatlari namoyişga qöyilgan muzey binosiga bostirib kiriş maqsadida uyuştirilgan», — deyiladi xabarda.
Politsiyaning hisoblaşiça, jinoyatçilar bir neça kişi bölgan va ular uyuşqoqlik bilan harakat qilgan. Öğirlangan buyumlar orasida deyarli sof oltindan işlangan dubulğa ham bor. Şuningdek, uçta oltin bilaguzuk ham olib ketilgan.
Ruminiya taşqi işlar vaziri Emil Xurezyanu niderlandiyalik hamkasbi Kaspar Veldkamp bilan telefon orqali boğlanib, öğirlangan eksponatlarning madaniy-tarixiy ahamiyati naqadar ulkan ekanini ta’kidlagan va Ruminiya sodir bölgan voqeadan taşvişda ekanini bildirgan.
Niderlandiya huquq-tartibot organlari yordam sörab Interpolga murojaat qilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan tergov olib borilib, qolgan eksponatlar inventarizatsiyadan ötkazilmoqda.








