Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Damas” urib yuborgan 8 yoşli bola halok böldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2025 yil 23 yanvar kuni sodir bölgan. M-41 avtomobil yölining Termiz tumani hududidan ötgan qismida Termiz-Şörçi yönalişida harakatlanayotgan “Damas” maşinasi yölni kesib ötayotgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf öquvçisi bölgan bola oğir tan jarohatlari olgan va körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuz bergan mahallada YPX mutasaddilar iştirokida muhokama yiğilişi ötkazilgan va unda haydovçilar ham ota-onalar huşyorlikka çaqirilgan.








