Yaqin Şarqning özgarayotgan manzarasi: mintaqada qanday savdolaşuvlar ketyapti?
|20:57 / 26.01.202510 55712 min
Donald Trampning navbatdagi tört yilligi Yaqin Şarqdagi kuçlar muvozanatining qayta şakllaniş dinamikasini kuçaytiradigandek. Xöş, eng qaynoq mintaqaning asosiy aktorlari 2025 yilga qanday mavqeda kirib keldi? Kun.uz'da yetakçi ekspertlar iştirokida “Geosiyosat” dasturining navbatdagi katta soni.
— Trampning Isroilga yon bosiş siyosati Yaqin Şarqda qanday geosiyosiy özgarişlarga olib kelişi mumkin?
Kamoliddin Rabbimov: Donald Trampning moyilliklari juda yaxşi örganilgan va biz uni yaxşi bilamiz. Bu galgi saylov va undan keyingi jarayonlarda uning stilistikasi ança özgargan hamda u islomofobiyani tez-tez tilga olayotgani yöq. Biroq uning Isroil bilan munosabatlari juda yaxşi va uning oilasida hamda saylov kampaniyasiga homiylik qilgan şaxslar orasida yahudiylar bor. U birinçi vakolat muddatida Suriyaning bosib olingan Jölon tepaliklarini Isroil hududi sifatida tan olgan va bu aktga qöl qöygan birinçi prezident. Isroilliklar AQŞda hokimiyat tepasiga respublikaçilar emas, balki aynan Tramp kelişini istagan va yaqinda ötkazilgan HAMAS va Isroil muzokaralarida ham Donald Trampning roli katta. Tramp harbiy uruşlar emas, balki savdo-iqtisodiy hamda psixologik uruşlar tarafdori. Bundan taşqari, Suriyadagi töntarişlar fonida Isroil Suriyaning bir qança hududlarini bosib oldi va biroz vaqt ötib Donald Tramp bu hududlarni Isroilniki deb tan olişi ehtimoli mavjud. Şulardan kelib çiqsak, Trampning prezidentlikka kelişi Yaqin Şarqdagi vaziyatga katta ta’sir körsatadi, Isroilning “qöllari ança yeçiladi” va mintaqadagi amerikaparast loyihalar jadallaşadi.
Şavkat Ikromov: Hozirda kuzatuvçilar tomonidan 2020 yildagi Isroil va Saudiya Arabistoni örtasidagi Ibrohim kelişuvlarini yakunlab qöyiş masalasi kötarilişi aytilmoqda. Saudiya esa bu kelişuv uçun Isroil Ğazoda tinçlik örnatilişi kerak degan qat’iy pozitsiyada turibdi. Ğazoda Isroil hokimiyatining örnatilişi arab davlatlari, xususan, Saudiyaning keskin noroziligiga sabab böladi. Tramp Ibrohim kelişuvlariga erişiş uçun katta kreditlardan foydalangan, ya’ni BAA ançadan beri qölga kirita olmayotgan qurollarini AQŞdan sotib olgan va xavfsizligini kuçaytirgan. Hozirda mintaqada normalizatsiya jarayoni ketyapti, arab davlatlarining Turkiya bilan munosabatlari yaxşi va joriy 4 yillikda Tramp arab davlatlariga bosim ötkazib biror narsaga erişişi qiyin. Bu muddatda mintaqada katta uruşlar kutilmayapti, çunki katta uruşlar Amerika manfaatlariga ham zid hisoblanadi.
Habibulloxon Azimov:
Mavzuga oid
Donald Trampning bayonotlari yoki mintaqaga bosimini Ğazodagi uruşni töxtatiş sifatida baholaş kerak emas, çunki yaqinda amalga oşirilgan kelişuv tinçlik şartnomasi emas, balki şunçaki asirlar almaşiş böyiça muzokaralar ekani aytildi. Şunday ekan, Trampning hokimiyatga kelişi Ğazodagi uruşda biroz tanaffus yuzaga keltirişi mumkin, biroq bu Isroilning mintaqadagi tajovuzkorona siyosatiga tösiq bölmaydi.
Farhod Karimov: AQŞning Ğazoga nisbatan siyosati özgarmaydi, çunki Amerika prezidentlari almaşganida bu mintaqaga nisbatan yondaşuv özgarişi mumkin, biroq siyosat yönalişi özgarmaydi. Isroil özining atrofidan Eron kuçlarini yöqotişni maqsad qilgan. Yaqin Şarq davlatlarining barçasi Eron borasida deyarli bir xil pozitsiyaga ega va AQŞ ularni qöllab-quvvatlab keladi. AQŞning Yaqin Şarq davlatlarida qurilgan harbiy bazalari ham aynan şu maqsadlarga xizmat qiladi. Eronning özi ham ança özgaryapti, ya’ni köp vektorli taşqi siyosat yuritmoqçi bölyapti. Trampning Falastin böyiça siyosati biroz mö’tadillaşişi mumkin, çunki unga hozirça arab davlatlari bilan yaxşi munosabatlar kerak, şuningdek, Isroilni moliyaviy qöllab-quvvatlaş juda qimmatga tuşyapti. AQŞ Isroilni boşqa siyosiy instrumentlar yordamida ham qöllab-quvvatlaşi mumkin, bundan taşqari, bunday harbiy yurişlarni qöllab-quvvatlaş Tramp siyosatiga ham ziddir.
— Netanyahu Ğarbiy sohilda ham operatsiya boşladi, Jyeninda kuç işlatiş Ğazodagi kabi keng qirğinga aylanib ketişi mumkinmi?
Kamoliddin Rabbimov: Ğazo sektori ğazoliklar va HAMAS nazoratida bölgan va uruş kuçayib ketgan, Ğarbiy sohillar esa isroilliklarning aholi punktlari orqali deyarli egallab bölingan. Ğazo töliq HAMAS nazoratida bölgani uçun u yerga 7 oktyabrdan oldin kira olmas edi. Ğarbiy sohillar Falastin hududi bölişiga qaramay, u yerda Isroil ta’siri juda kuçli. Şu sababli Isroil katta harbiy operatsiyalar ötkazsa, isroilliklarning aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
Şavkat Ikromov: Ğarbiy sohillardagi operatsiyalar keng kölamli harbiy harakatlarga aylanişi ehtimoli juda kam. Biroq bu yerda tarkibiy özgarişlar uçun juda faol harakatlar olib borilyapti. Ğarbiy sohilning norasmiy gubernatori sifatida Netanyahu atrofidagi öta öngçilardan biri Smotriç e’tirof etiladi va Ğazo bilan kelişuvning ikkinçi bosqiçi sababli öz iste’fosini e’lon qilişini aytgan siyosatçilardan biri aynan Smotriç edi. Uning iste’fosi Netanyahu atrofidagi öta öngçilarni parçalab yuboradi va Netanyahuning özi ham iste’foga çiqişi mumkin. Natijada esa unga oçilgan köplab jinoiy işlar yana kötarilişi ehtimoli bor. Ğarbiy sohildagi operatsiyalar esa mazkur öta öng siyosatçilarni çalğitiş uçun olib borilmoqda. Ğarbiy sohildagi vaziyat kelişuv ikkinçi bosqiçining ortga surilişiga yoki umuman amalga oşmasligiga olib kelişi mumkin.
Habibulloxon Azimov: Netanyahu Ğarbiy sohildagi operatsiyalar orqali bu hududda yaşovçi falastinliklarning majburiy migratsiyasini taşkil etişga harakat qilayotgan bölişi mumkin. Bunga uni öta öng siyosatçilarning kuçli bosimi undagan bölişi ehtimoli bor.
Farhod Karimov: Isroil bunday operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan amalga oşirib turadi, bunday harakatlar avval ham bölgan, ammo Ğazodagi uruş fonida bu bilinmagan. 19 yanvarda Jyenin brigadasi va Falastin hukumati örtasida töqnaşuv yuz bergan, asirlar almaşinuvi doirasida ozod qilinayotganlar orasida Jyenin töqnaşuvida hibsga olinayotganlar bor va isroilliklarning özi Netanyahuga mazkur asirlar ozod qilinsa, Jyeninga qaytişi va yana muammo çiqarişidan xavotirli norozilik bildirgan, şu sababli Ğarbiy sohillarda tozalaş işlari davom etmoqda.
— Eronning qarşilik öqi sinişi mintaqadagi kuçlar muvozanatini butunlay özgartiradimi? Yaqin 4 yillikni qanday tasavvur qilasiz?
Şavkat Ikromov: Hozirgi vaziyatda Eron öz qarşilik kuçini qayta tiklaşi imkonsiz. Bunda asosiy nuqta edi va Başar Asadning hokimiyatda turişi Eronning Suriyadagi ayrim kuçlarni qöllab-quvvatlaş va ularni birlaştirişga undagan bölardi. Lekin endi u yerda boşqa kuçlar hukmron va ular boşqa davlatlar bilan munosabat örnatmoqçi. Eron atrofdagi Isroilga qarşi kuçlarni qöllab-quvvatlaş orqali Isroilni zaiflaştirmoqçi edi, biroq uruşlar natijasida öşa kuçlarning özi nihoyatda zaiflaşdi. Hozirda deyarli barça kuzatuvçilar Suriyada tinçlik va barqarorlik hukm sursa, Eron öz qarşilik öqini yaqin tört yillikda tiklaşi nihoyatda qiyin masala ekani haqida yozmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: Eron özining qarşilik kuçlarini qöllab-quvvatlaşdan va izolyatsiyadan qattiq çarçagan. Şuning uçun ham izolyatsiyadan çiqişga harakat qiluvçi siyosatçilarga ovoz bergan. Endi qarşilik bayroği Erondan Turkiya qöliga ötyapti. Biroq Turkiyaning resurslari juda katta emas, şuningdek, prezident ham yaqin yillarda almaşişi mumkin, agar Erdöğan yaqinda prezidentlikka saylanib, yana 20 yil boşqaruvda böliş imkoniyatiga ega bölganida uning qarşilik öqini istiqbolli deb ataş mumkin bölardi.
Farhod Karimov: Eronning kuçsizlanişi mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga katta ta’sir qiladi, albatta. Endi siyosatda böşliq paydo bölyapti va Eron bu böşliqni töldirişga urinmayapti. Çunki uning asosiy maqsadi özidagi içki özgarişlarni iloji boriça tezroq amalga oşiriş. Şu sababli u köp vektorli siyosat yölini tanlagan, hatto Rossiya bilan ham ehtiyotkor munosabatda bölyapti. Yaqinda imzolangan strategik hamkorlik şartnomasida harbiy band kiritilmadi, şunçaki ular uruşga kirsa, ikkinçi tomonni qöllab-quvvatlamaslik töğrisidagi bandni qöşdi xolos. Eron Ğarb bilan yaqinlaşiş orqali öz mintaqasidagi ayrim manfaatlardan voz keçişi kerak böladi, bu esa geosiyosiy böşliqni yuzaga keltiradi, Erondan qolgan böşliqni Turkiya, Isroil yoki Saudiya töldirişi mumkin.
— Arab davlatlarida diniy va dunyoviy kuçlar örtasidagi ziddiyatlar yangi inqiloblar yoki inqirozlarga sabab bölişi mumkinmi? Qaysidir davlatlarda buning elementlari bormi?
Farhod Karimov: Tahrir Hayyat aş-Şomning Suriya hokimiyati tepasiga kelişi mintaqaga yangi siyosiy-diniy impuls berişi mumkin, Yamanda ham diniy muammolar töliq hal bölmagan, şuningdek, Misrdagi harakatlar ham tag-tugi bilan yöqolmagan, bundan taşqari, Liviyada diniy harakatlarni siyosiylaştiriş masalasi dolzarb. Tunisda ham diniy radikal guruhlar hamda hukumat örtasidagi munosabatlar töliq şakllangani yöq. Iroq va Suriya masalasi ham juda jiddiy, Iroqda sunniylardan keyin hokimiyat tepasiga şialar kelganiga qaramay, bu hukmron şialar kurdlar hisoblanadi. Kurdlar esa etnik muammolarni keltirib çiqarişi mumkin, çunki mamlakatda asosan arablar yaşaydi, ammo neft bazalariga kurdlar egalik qiladi. Bunday muammolar Yaqin Şarq mintaqasida haligaça mavjud va Isroil bundan ustalik bilan foydalanadi.
Şavkat Ikromov: Diniy radikal guruhlar Ğarb davlatlari tomonidan mintaqadagi öz mustamlakalarini tark etiş çoğida ularni boşqarib turiş uçun sabab sifatida taşkil qilingan. Hozirda Isroil mazkur radikal guruhlardan hukumatlarga qarşi kuraşiş va öşa kuraşlar fonida öz rejalarini amalga oşirişga harakat qilib turadi. Bunday taktikadan bir paytlar Ğarb davlatlari muvaffaqiyatli foydalanib kelgan.
— Turkiyaning Yaqin Şarq doskasida roli qanday böladi?
Farhod Karimov: Turkiyaning Yaqin Şarqdagi manfaatlari, nufuzi va ta’siri kuçaydi. Masalan, Eron Suriyada qoldirgan böşliqlarni aynan Turkiya egalladi. Bunday vaziyat Ğarb davlatlari uçun ança yaxşidek körinadi, çunki u NATO a’zosi va nisbatan Ğarbga yaqin davlat. Biroq Turkiya musulmon davlat va vaqti kelib Isroilga yetarliça muammolarni yuzaga keltirişi mumkin. Şu sababli AQŞ va Isroil Erondan qolayotgan böşliqlarni töliq Turkiya egallaşidan manfaatdor emas, Turkiyaning kuçayişi kun kelib Turkiya va Isroil örtasida öziga xos bir raqobatni şakllantiradi.
Şavkat Ikromov: Amerikada şunday qaraş paydo bölganki, Yaqin Şarq mintaqasida biror böşliq yuzaga kelişi bilan Xitoy va Rossiya bu böşliqni töldirişga harakat qiladi. Bu qaraşga köra, ularga Turkiya ma’qulroq, biroq mintaqa davlatlari Turkiyani qabul qilişni istamaydi – bir neçta arab mamlakatlari uzoq vaqt Usmonlilar imperiyasi tarkibida bölişgan.
Turkiyaning Isroilga nisbatan şu vaqtgaça bölgan munosabati, Ğazodagi qirğinda Isroilni tiyiş uçun real harakatlarni amalga oşirmagani (Anqarada bunday imkoniyatlar bor edi) keyinçalik Turkiya Isroilni tiyib turadigan kuçga aylanadi deyişga imkoniyat bermaydi.