Belarus Respublikasi prezidentligiga har bir nomzod uçun berilgan ovozlar soni böyiça dastlabki ma’lumotlar:

Gaydukeviç Oleg Sergeyeviç - 2,02 foiz;
Kanopatskaya Anna Anatolevna - 1,86 foiz;
Lukaşenko Aleksandr Grigoreviç - 86,82 foiz;
Sirankov Sergey Aleksandroviç - 3,21 foiz;
Xijnyak Aleksandr Nikolayeviç - 1,74 foiz;
barçaga qarşi - 3,60 foiz.

27 yanvar kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasining axborot markazida «Belarus Respublikasi prezidenti saylovining dastlabki natijalari töğrisida»gi yakuniy matbuot anjumani bölib ötadi.

26 yanvar kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bölib ötdi. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Igor Karpenko matbuot anjumanida saylovçilarning 86,82 foizi yettinçi muddatga qayta saylangan 70 yoşli Aleksandr Lukaşenkoga ovoz berganini ma’lum qildi. 

Saylovçilarni saylov uçastkalarida hozir bölgan militsiya xodimlari kuzatib bordi. Ovoz beriş kabinalari oçiq edi. Saylov byulletenlarini suratga oliş taqiqlanadi va buning uçun jarima ham bor.

2020 yilgi norozilik namoyişlari çoğida Lukaşenko oltinçi muddati uning oxirgisi bölişiga va’da bergan edi.