Rossiya Içki işlar vazirligi Sankt-Peterburgda xorijlik migrantlarga soxta hujjatlar berib kelayotgan bir qança firmalar faoliyatini töxtatdi, deb yozdi TASS.
«2023 yildan boşlab xorijliklar va ularning iş beruvçilariga soxta hujjatlarni tayyorlaş böyiça xizmatlar körsatilayotgani aniqlandi. Ularda migrantlarning iş joyi va vaqtinçalik yaşaş joyi haqida yolğon ma’lumotlar bölgan. Şu bilan birga, jinoiy sxemaga aloqador taşkilotlar boşqa davlat fuqarolari uçun soliq va ijtimoiy tölovlarni hisoblamagan», deyiladi xabarda.
2024 yilda ular 900 nafarga yaqin migrantni «qonuniylaştirib», har biridan 35-40 ming rubl olgan.
Ta’kidlanişiça, noqonuniy migratsiyani taşkil etişda gumon qilingan şaxs qölga olinib, unga nisbatan muayyan xatti-harakatlarga çeklov qöyilgan. 16 kişi jinoiy sxemaga aloqadorligini tekşiriş uçun politsiyaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (Noqonuniy migratsiyani taşkil etiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Uşbu moddaga köra, ayblanuvçilar 1 million rublgaça jarima va 7 yilgaça muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş yoxud 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilda Rossiyada noqonuniy migratsiyani taşkil qilganlik uçun jazo kuçaytirilgan edi. Uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan uşbu jinoyat öta oğir jinoyat toifasiga kiritildi.








