Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Tramp Ğazo aholisini köçirmoqçi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğazo sektoridan falastinlik qoçqinlarni Misr, Iordaniya va boşqa arab davlatlariga köçirişni taklif qildi. DW xabariga köra, Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan bu mavzuda muzokara olib borgan.

«Men qirol Abdullaga köproq qoçqinlarni qabul qilişini söradim, çunki Ğazo sektorida hozir haqiqiy tartibsizlik hukm suryapti. Biz şunçaki barqarorlikka erişmoqçimiz», degan Tramp.

Tramp şuningdek, Misr rahbari bilan ham bu masalada gaplaşmoqçi ekanini ta’kidladi. Uning fikriga köra, Misr 1,5 milliongaça falastinlik qoçqinlarni qabul qilişi mumkin.

Iordaniya qiroli Abdulla II mamlakatining falastinlik qoçqinlarga körsatayotgan yordami uçun Tramp tomonidan olqişlandi. Biroq Misr rasmiylari Ğazo qoçqinlarini qabul qilişdan boş tortib kelmoqda.

HAMAS öz kuçini tiklamoqda

HAMAS 15 oylik uruş davomida öz qudratini qayta tiklab, 10-15 ming yangi askar jalb qildi. Bu haqda Reuters AQŞ Kongressidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Isroil va HAMAS örtasida 15 yanvardan kuçga kirgan sulh bir oylik muzokaralar natijasida erişildi. 15 oylik qirğinbarot uruş Ğazo sektorida katta vayronagarçiliklarga sabab böldi, köplab hududlar xarobaga aylandi.

AQŞning sobiq davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlaşiça, HAMASning kuçlarni tez qayta tiklaş qobiliyati mojaroni çözib yuborişi mumkin.

«Har bir öt oçişni töxtatiş faqat HAMASga qayta taşkillaniş uçun vaqt beradi va uruşni butunlay yakunlaşni qiyinlaştiradi», — dedi u.

HAMASning harbiy qanoti vakili Abu Ubayda ham 2024 yil iyulida bir neça ming yangi a’zolar jalb qilinganini tasdiqlagan edi. Ammo manbalarga köra, yangi a’zolarning köpçiligi yoş, tajribasiz va asosan boşlanğiç vazifalarga jalb qilingan.

Belarusdagi prezidentlik saylovlari