AQŞ prezidenti Donald Tramp öz ma’muriyatiga Kolumbiyaga nisbatan boj tariflari va sanksiyalar joriy etişni buyurdi, deb xabar berdi BBC. Avvalroq, bu mamlakat rasmiylari migrantlarni olib ketayotgan AQŞ harbiy samolyotlarini qabul qilişdan boş tortgan, oqibatda samolyotlar orqaga qaytgan edi.

Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida «köp sonli noqonuniy jinoyatçilarni olib ketayotgan AQŞ ikki repatriatsiya samolyotiga Kolumbiyaga qönişga ruxsat berilmagani haqida ma’lum bölganini» yozdi.

Tramp bu harakat AQŞ milliy xavfsizligiga zarar yetkazişini aytdi, şuning uçun u Kolumbiyaga qarşi turli çoralar körişni buyurdi, jumladan:

- Kolumbiyaning barça tovarlari uçun 25% boj;

- Kolumbiya hukumati amaldorlari va ularning barça ittifoqçilari va tarafdorlari uçun sayohatni taqiqlaş va AQŞ vizasini darhol bekor qiliş;

- Kolumbiyaning barça partiya a’zolari, ularning oila a’zolari va Kolumbiya hukumati tarafdorlariga qarşi viza sanksiyalari.

«Bu çoralar faqat boşlanişi», deb yozdi Tramp.

AQŞ yangi prezidenti mamlakatni noqonuniy migrantlardan tozalaşga, jumladan, ularni öz vataniga deportatsiya qilişga va’da bermoqda.