"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan taşqari umumiy yiğilişida kompaniyaning Boşqaruv raisi lavozimiga Mirzanozim Döstmurodov saylandi.
Mirzanozim Döstmurodov 1956 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 1979 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Rossiyaning Markaziy protezlaş va protezsozlik institutida aspiranturada tahsil olgan.
Iş faoliyatini Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot institutidan boşlagan.
M.Döstmurodov turli yillarda Toşkent temiryöllar kasalxonasi şifokori, boş vraç örinbosari, Protez-ortopediya reabilitatsiya markazi boş vraçi, "Optomedik" MÇJ direktori, Özbekiston nogironlar jamiyati raisining birinçi örinbosari, “Protezist” Özbekiston-Amerika qöşma korxonasi boş direktori, “Özfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni boşqaruv raisi, Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori örinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi boş mutaxassisi kabi mas’ul lavozimlarda işlagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi, ortoped, travmatolog va protezist Mirzanozim Döstmurodov tayinlovga qadar "Özfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni "tugatiş komissiyasi" raisi lavozimida faoliyat körsatib kelgan.
Bungaça "Dori-Darmon" kompaniyasi boşqaruv raisi lavozimini Umida Solihboyeva egallab kelayotgan edi.








