Isroilning Ukrainadagi elçisi Mixael Brodskiyning aytişiça, uning mamlakati Livanda Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) tomonidan qölga kiritilgan Rossiya qurollarini Ukraina tomoniga topşirişni rejalaştirmayapti. Diplomat 27 yanvar, duşanba kuni OAVga intervyu berdi.
«Bu Isroil taşabbusi emas, bu yerda qandaydir buzilgan telefon haqida gap ketyapti», — dedi u.
Elçining sözlariga köra, Şarren Xaskel Knesset deputati bölgan vaqtda xususiy qonunçilik taşabbusi bilan çiqqan, biroq u parlamentda qöllab-quvvatlanmagan.
Xaskel öşandan beri Isroil taşqi işlar vaziri örinbosari böldi va şu tariqa xususiy taşabbuslarni körib çiqiş uçun taqdim eta olmaydi, deya qöşimça qildi u.
Diplomat: Isroil Mudofaa vazirligi bunday qarorlar qabul qilmagan
Bunday masalalar butunlay TSAHAL va Isroil Mudofaa vazirligining yurisdiksiyasida, deya aniqlik kiritdi Brodskiy. «Isroil Mudofaa vazirligi birorta ham bunday qarorga kelmagan», — deya ta’kidladi u.
21 yanvar kuni Ukrainaning Tel-Avivdagi elçixonasi özining Facebookʼdagi sahifasida Isroil hukumati Livan yoki boşqa mamlakatlar va mintaqalarda Isroil mudofaa kuçlari tomonidan qölga olingan Rossiyada işlab çiqarilgan qurollarni Ukrainaga topşirişga tayyorligini bildirdi. Yozuv Ukrainaning Isroildagi elçisi Yevgeniy Korniyçuk va Isroil taşqi işlar vaziri örinbosari Xaskel örtasidagi uçraşuvdan keyin paydo bölgan.
Avvalroq Korniyçuk Rossiyaning keng kölamli hujumidan himoyalanayotgan Ukraina Livan va Ğazo sektorida Isroil armiyasi tomonidan qölga olingan Rossiyada işlab çiqarilgan qurollarni olişga umid qilayotganini ma’lum qilgandi.








