Tomonlar Qoraqalpoğiston Respublikasi va Manğistau viloyati örtasida turizm sohasida joriy yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan qöşma loyihalar xususida fikr almaşdi.

Raşit Mustapayev "Atameken" tadbirkorlar milliy palatasi viloyatdagi turli sohalarda faoliyat olib boruvçi xususiy tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilişini ta’kidlab, Özbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi va mamlakatda xususiy biznesni qöllab-quvvatlaş uçun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Manğistau viloyati aholisi orasida Özbekiston tibbiy turizmiga qiziqiş yuqoriligi qayd etildi. Uşbu jihat e’tiborga olinib, özbek tadbirkorlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda mazkur hududda tibbiyot klinikalari va markazlarini oçiş imkoniyatini körib çiqiş taklifi bildirildi.

Uçraşuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantiriş böyiça muloqotni davom ettiriş töğrisida kelişib olindi.