Qozoğistonda qöşilgan qiymat soliği stavkasi (QQS) amaldagi 12 foizdan 20 foizga oşirilişi mumkin. Boş vazir örinbosari Serik Jumangarinning sözlariga köra, bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«20 foizlik QQS stavkasi — dunyoda keng tarqalgan. Hozirça biz yakuniy qarorga kelmadik, çunki bir oydan beri maslahatlaşuvlar, doimiy uçraşuvlar olib boryapmiz, qator konsultantlar bor», — deydi boş vazir örinbosari.
Uning ta’kidlaşiça, mamlakat soliq islohotiga muhtoj, parlamentda esa tez orada özgartiriş kiritiladigan Soliq kodeksi loyihasi mavjud.
«Biz QQSni kötariş niyatidamiz, stavka muhokama qilinmoqda. Parlamentda Soliq kodeksi loyihasi mavjud va biz unga özgartirişlar kiritamiz… Islohot kerak va davlat rahbari ham buni qöllab-quvvatladi», — deydi boş vazir örinbosari.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boşlab qöşilgan qiymat soliği (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilgan. Şu bilan birga, soliq tölovçilarning toifasi, soliqni hisoblab çiqariş va tölaş tartibi, soliq hisobotini taqdim etiş muddatlari esa özgarmagan.
«Tadbirkorlar uçun teng şaroitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni bilan qöşilgan qiymat soliği va foyda soliği stavkalari 2028 yil 1 yanvargaça oşirilmasligi belgilangan.








