Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazo şimoliga qaytayotgan falastinliklar
Isroil va HAMAS örtasidagi sulh doirasida minglab falastinliklar Ğazo sektori şimoliga qaytişni boşladi. Isroil nazorat punktlarini oçib, aholiga öz uylariga qaytişga ruxsat berdi.
Odamlar şaxsiy buyumlarini kötarib, sohil böyiga yöl oldi. «Uyga qaytiş — ajoyib hissiyot», — dedi qaytgan falastinlik Ibrohim Hassera. Qoçqinlar lagerlarida xursandçilik hukmron.
HAMAS buni falastinliklar ğalabasi deb ta’kidlab, «bosqinçilar rejasi barbod böldi», deya bayonot berdi.
Aholining uz uylariga qaytganini nafaqat ğazoliklar, isroillik ultraöng millatçi siyosatçilar ham HAMASning ğalabasi ölaroq qabul qilişmoqda.
Isroilning sobiq milliy xavfsizlik vaziri va «Yahudiy kuç» partiyasi yetakçisi Itamar Ben-Gvir Ğazo sektori şimoliga falastinliklarning qaytişi «HAMAS ğalabasi» ekanini ta’kidladi.
Ben-Gvir Netserim hududi oçilişi va ön minglab falastinliklarning Ğazo şimoliga qaytayotganini tanqid qildi. U bu holatni «asirlarni almaşiş böyiça xatolikka töla kelişuvning natijasi» deb atadi.
Binyamin Netanyahuning «Isroil Ğazodagi hujumlarini töliq ğalabagaça davom ettiradi», degan bayonotiga işora qilib, Ben-Gvir şunday dedi: «Bu ğalaba emas, bu töliq taslim böliş».
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats esa Ğazo şimoli va janubida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv qat’iy nazorat qilinişini ma’lum qildi.
Isroil 2023 yil oktyabrda uruş boşlab, Ğazo şimolidagi aholini sektor janubiga evakuatsiya qilgandi. Öt oçişni töxtatiş doirasida HAMAS garovdagi 33 kişini ozod qilişi, Isroil esa qariyb 2 ming falastinlikni qöyib yuborişi kutilmoqda.
HAMAS ozod qilinişi kerak bölgan 26 nafar isroillik asirlarning 8 nafari vafot etganini bildirdi.
Netanyahu BMT agentligini Quddusdan haydayapti
Isroil hukumati BMTning Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligiga (UNRWA) Şarqiy Quddusdagi binolarni böşatiş va 30 yanvarga qadar faoliyatini töxtatiş buyruğini bergan. Bu haqda UNRWA agentligi rasmiy bayonot bilan çiqiş qilgan.







