Quyidagi universitetlar qayta taşkil etiladi:
▪️Farg‘ona politexnika instituti va Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Farğona filiali negizida Farğona davlat texnika universiteti;
▪️Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filiali hamda Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farğona mintaqaviy filiali negizida Qöqon davlat universiteti;
▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farğona filialini qöşib yuboriş yöli bilan Farğona davlat universiteti.
2025-2026 öquv yilidan:
- mazkur universitetlarning malaka talablari va öquv dasturlari yuqori 300 talik röyxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarining dasturlari asosida işlab çiqiladi;
- iqtidorli talabalar uçun darslar xorijiy tillarda öqitiladigan alohida guruhlarda taşkil etiladi.
Farğona davlat texnika universitetida Ilğor muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati taşkil etiladi hamda yirik işlab çiqariş korxonalari va taşkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Tugatilayotgan oliy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan barça talabalar öqişini yangidan taşkil etilgan tegişli universitetlarda davom ettiradi.








