AQŞ hududidan deportatsiya qilingan kolumbiyalik noqonuniy migrantlar öz vataniga qaytdi. Kolumbiya ularni olib keliş uçun ikkita harbiy transport samolyotidan foydalandi, deb xabar berdi BBC.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro migrantlarni qutladi va ular kişansiz keltirilgani, bu bilan ularga munosib muomala qilinganini ta’kidladi. «Ular öz vatanida, ularni bu yerda sevadilar», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

26 yanvar kuni Amerikaning ikkita harbiy transport samolyoti Kaliforniyadan Kolumbiyaga noqonuniy migrantlarni olib kelişi kerak edi. AQŞ kolumbiyaliklarni muntazam ravişda deportatsiya qiladi, masalan, 2024 yilda Bayden ma’muriyati davrida 124 ta samolyot noqonuniy migrantlarni Kolumbiyaga yetkazgan.

Ammo, bu safar Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro samolyotlarni ortga qaytardi. U öz mamlakati fuqarolariga jinoyatçidek munosabatda böliş notöğri ekanini va «kolumbiyalik migrantlar jinoyatçi emasligini, qöli kişanlangan holda qaytarilişiga heç qaçon yöl qöymasligini» aytdi. Petro migrantlar parvoz paytida qöl-oyoği kişanlangani tasvirlangan videoni körsatdi.

Bunga javoban AQŞ prezidenti Donald Tramp Kolumbiyaning barça tovarlariga 25 foizlik boj, bundan taşqari, Kolumbiya hukumati a’zolariga viza çeklovlari joriy qilinişini aytdi. Gustavo Petro ham qarab turmadi va Kolumbiya xuddi şunday javob qaytarişini, Amerika tovarlariga boj tariflarini oşiriş böyiça körsatma berganini aytdi.

Biroq, 26 yanvar kuni keçki payt Oq uy Kolumbiya barça talablarga rozi bölganini e’lon qildi va Kolumbiya taşqi işlar vaziri Luis Gilberto Murilo mamlakatlar «boşi berk köçadan» çiqiş yölini topganini aytdi.

AQŞ ham, Kolumbiya ham vaziyatni hal qilişga yordam bergan murosa tafsilotlarini oşkor qilmadi.