«Özgidromet» 30 yanvar, payşanba kuni uçun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, biroz qor yoğişi mumkin. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–2 daraja, kunduzi 0...+2 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyatining ba’zi joylarida biroz qor yoğişi mumkin. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, ba’zi joylarda biroz qor yoğişi mumkin. Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan qor yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat keçasi –7...–12 daraja, kunduzi –2...–7 daraja böladi.
Bundan oldinroq, 29–31 yanvar kunlari sovuq havo massalari Özbekistonning şimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boşlaşi, havo harorati keçasi 0...–5 darajagaça, şimoliy hududlarning ba’zi joylarida –8 darajagaça, kunduzi 0...+5 darajagaça pasayişi, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik bölib, asosan, qor şaklida yoğişi prognoz qilingandi.








