Rossiyaning Leningrad viloyati, Kingisepp tumanida özbekistonlik migrant halok böldi. Uning ölimi sabablari örganilmoqda, deb xabar berdi 78.ru.
Qayd qilinişiça, 26 yanvar kuni keçqurun Ust-Luga posyolkasining Krakole kvartalidagi gazni qayta işlaş zavodida 42 yoşli özbekistonlik metall konstruksiyalarni örnatiş vaqtida 30 metr balandlikdan qulab tuşgan. Jabrlanuvçi Kingisepp şifoxonasi tez yordam bölimiga olib ketilayotganda vafot etgan. Uning ismi-şarifi xabarda keltirilmagan.
Ta’kidlanişiça, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.








