Trampning tanqidga uçragan taklifi, millatçilarni qöllayotgan Ilon Mask va AQŞni larzaga solgan Xitoy startapi - kun dayjesti
|19:35 / 29.01.20257 60110 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroil va HAMAS örtasida vositaçilar orqali kelişuvning ikkinçi bosqiçi böyiça dastlabki muzokaralar boşlandi. Al Jazeera ma’lumotiga köra, şimoliy Ğazoga 300 mingdan ortiq qoçqinlar qaytadi.
AQŞ prezidenti Donald Trampning falastinliklarni qöşni arab mamlakatlariga köçiriş taklifi jiddiy qarşilikka uçramoqda. Demokrat senator Berni Sanders bu taklifni «etnik tozalaş va harbiy jinoyat» deb atadi.
BMT ham Trampning bu taklifini rad etdi. BMT vakili Stefan Dyujarrik taşkilot har qanday majburiy köçiriş yoki etnik tozalaşga olib keladigan rejalarga qat’iy qarşi ekanini ta’kidladi.
The Times of Israel naşriga köra, Trampning bu ğoyasi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning koalitsiyasini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Çunki kelişuv tufayli koalitsiyada ixtiloflar kuçaygan.
Bu orada Isroilning otdan tuşsa ham egardan tuşmaydigan moliya vaziri Betsalel Smotriç kelişuvning birinçi bosqiçidan söng Ğazoni töliq qayta okkupatsiya qiliş va aholini majburiy köçiriş rejasini tayyorlaşni taklif etdi.
Yevroittifoq Suriyaga sanksiyalarni yumşatdi
Suriya taşqi işlar vaziri Asad aş-Şayboniy Yevropa Ittifoqining Başar Asad rejimi ağdarilgandan söng sanksiyalarni bir yilga töxtatiş qaroriga ijobiy baho berdi. U buni «ijobiy qadam» deb atadi.
Bryussel Damaşqdagi vaqtinçalik hukumat bilan aloqalarni yölga qöydi va humanitar yordamni köpaytirdi. Biroq sanksiyalar töliq bekor qilinmay, yangi hukumat majburiyatlarini bajarmasa, qayta tiklanişi mumkin.
Sanksiyalarni yumşatiş infratuzilmani tiklaş va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş uçun zarur. Yevropa Ittifoqi yangi hukumatning harakatlarini nazorat qiladi.
Zelenskiy: «Yadrodan voz keçiş «ahmoqlik» bölgan»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning 1994 yilda yadroviy quroldan voz keçiş qarorini «axmoqona va mas’uliyatsiz» deb atadi.
Mavzuga oid
Zelenskiy Kiyev Budapeşt memorandumi imzolanişidan avval jiddiy xavfsizlik kafolatlarini talab qilişi kerakligini ta’kidladi. Ukraina öşandagi qarori bilan dunyoda uçinçi yirik yadroviy arsenaldan voz keçgan, ammo evaziga yetarli xavfsizlik kafolatlarni ololmadi.
Zelenskiy NATOga a’zolikni Ukraina uçun xavfsizlikning yagona samarali kafolati deb hisoblaydi. Agar mamlakat alyansga qöşilmasa, u öz yadroviy qurolini işlab çiqişi mumkinligini ma’lum qildi. Ekspertlar buning uçun Ukrainaga ikki-uç oy yetarli ekanini aytişgan.
Xitoy va Hindiston Rossiya nefti savdosini töxtatdi
Hindiston va Xitoy Rossiya neftini sotib olişni vaqtinça töxtatgani xabar qilindi. Bu Rossiya neftini taşişga oid AQŞ sanksiyalari va tanker ijarasi xarajatlarining ortişi bilan boğliq.
2024 yilda Rossiya nefti Hindiston import tarkibining 36 foizi va Xitoydagisining qariyb 20 foizini taşkil etgan. 10 yanvarda AQŞ Rossiya neftini taşiş zanjiriga qarşi yangi sanksiyalar joriy etganidan söng tankerlar ijara narxi keskin oşgan. Bu Xitoy va Hindiston xaridorlarini sanksiyalar doirasidagi kemalardan qoçişga majbur qildi.
Hindiston neft vaziri Pankaj Jaynning ma’lum qilişiça, Rossiya nefti bilan yuklangan tankerlar 27 fevralgaça tuşirilişi va ular uçun tölovlar 12 martgaça amalga oşirilişi talab etilgan.
Trampning antimigratsiya siyosati davom etmoqda
AQŞ prezidenti Donald Tramp barça noqonuniy migrantlarni mamlakatdan çiqarib yuborişini yana bir bor ta’kidladi. Prezidentning yangi farmoniga köra, çegarada uşlangan har bir migrant Amerikadan deportatsiya qilinadi. Şuningdek, AQŞda qonuniy asosda yurgan, ammo bir neça bor jinoyat sodir etgan migrantlarni ham deportatsiya qiliş uçun yangi qonun qabul qilinişi kutilmoqda.
24 yanvardan boşlab AQŞda ommaviy deportatsiyalar harbiy samolyotlar orqali amalga oşirila boşladi. Texasdagi Fort-Bliss aviabazasidan ilk reyslar parvoz qildi. AQŞ Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, kuniga 5000 dan ortiq migrantlar deportatsiya qilinişi kutilmoqda.
Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaumning ma’lum qilişiça, Donald Tramp prezidentligi boşlanganidan keyin bir haftada mamlakat AQŞdan deportatsiya qilingan 4 mingdan ortiq migrantlarni qabul qildi. Ularning aksariyati meksikaliklardir.
Meksikaning Syudad-Xuares şahrida vaqtinçalik lager qurilmoqda. U yerda qaytarilgan migrantlar uçun yirik palatkalar örnatiladi. Hukumat ularni oziq-ovqat, tibbiy yordam va hujjatlar bilan ta’minlaşga va’da berdi.
Şuningdek, Trampning «tuğiliş orqali fuqarolik» huquqini bekor qiliş taklifi 22 ştat tomonidan qonuniy qarşilikka uçradi. Tanqidçilar mazkur qarorni Konstitutsiyaga zid deb baholab, AQŞ milliy tamoyillariga xilof deb ataşmoqda.
Ilon Mask millatçilar tomonda
Ilon Mask Germaniyadagi ultraöng «Germaniya uçun muqobil» partiyasi mitingida video çiqiş qildi va partiyani «Germaniyaning kelajakdagi umidi» deb atadi. U Germaniya öz milliy ğururini yöqotmasligi kerakligini va multimadaniyat orqali millatning zaiflaşmasligi lozimligini ta’kidladi.
«Germaniya uçun muqobil» partiyasi, köpçilik tomonidan radikal natsistlar taşkiloti sifatida tanqid qilinayotgan bölsa ham, sönggi oylarda migratsiya siyosatiga qarşi çiqiş orqali Germaniya siyosatining öng qanot harakatlaridagi asosiy kuçiga aylandi. Mask öz çiqişida, tarixiy gunohkorlik tuyğusini çetga surib, Germaniya kelajakka qarab harakat qilişi kerakligini qayd etdi.
Bu çiqiş Germaniyada keskin tanqidlarga sabab böldi. Berlinda va boşqa şaharlarda 35 mingdan ortiq kişi «Germaniya uçun muqobil» partiyasiga qarşi namoyiş ötkazdi. Nemis hukumati va yetakçi siyosiy kuçlar partiyani radikal va milliy xavfsizlik uçun tahdid deb baholamoqda.
Milliarder Bill Geyts ham Ilon Maskning ultraöng siyosatçilarga qöllab-quvvatlovi va boşqa davlatlar siyosatiga aralaşuvini «ahmoqlik va aqlsizlik» deb tanqid qildi.
Geytsni ayniqsa, Maskning britaniyalik siyosatçilarga qarşi qilingan tanqidlari va mitingdagi «natsistik işora»si ğazablantirgan.
«Sen «Germaniya uçun muqobil»ni qöllab-quvvatlamoqdasan. Bu juda ğalati va aqlsizlarça iş», – degan Geyts.
Microsoft asosçilaridan biri bölgan Geyts Maskning aqlli insonligini e’tirof etgan holda, uni öz ta’sir doirasini suiiste’mol qilişda aybladi. «Bu odam bir neça mamlakatlarda siyosiy vaziyatni izdan çiqara oladi, bu esa juda xatarli», – degan u.
Xitoy startapi AQŞni larzaga soldi
Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun’iy intellekt modelini namoyiş etganidan söng, dunyo bozorlari şok holatiga tuşdi. Uşbu model OpenAI işlanmalari bilan soliştiriladi, biroq kompaniya uni juda kam miqdorda Nvidia çiplari bilan işlab çiqdi.
Şuning natijasida Nvidia aksiyalari 13 foizga tuşib, kompaniya bozor qiymatida 400 mlrd dollar yöqotgan.
DeepSeek bu işlarning hammasini bor-yöği 5,6 mln dollar sarmoya va 2048 ta çipdan foydalanib amalga oşirgan. Bu OpenAI va Google kabi kompaniyalarning milliardlab dollar sarmoyalari oldida ulkan yutuq hisoblanadi. Kremniy vodiysida Amerika kompaniyalarining texnologik yetakçiligini saqlab qoliş qudrati haqida qizğin muhokamalar boşlandi.
Aliyevning Zangezur yölagi böyiça pozitsiyasi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonga heç qanday hududiy da’volar yöqligini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Zangezur transport yölagi orqali Naxiçivonga erkin va tösiqsiz ötişni talab qildi.
«Biz heç qanday hududiy da’volarga ega emasmiz. Biroq Armaniston majburiyatlarini bajarib, asosiy Ozarboyjon hududidan Naxiçivonga erkin ötişni ta’minlaşi şart», — dedi Aliyev transport böyiça yiğilişda.
Zangezur yölagi Ozarboyjonni Naxiçivon Respublikasi bilan boğlaydigan loyiha bölib, Yerevan bu yönalişni oçişga tayyorligini bildirgan, ammo öz suvereniteti doirasida.
Mazkur masala Ikkinçi Qoraboğ uruşidagi ğalabadan söng xalqaro kun tartibiga kirgan. Aliyevning sözlariga köra, «Zangezur yölagi» atamasi dunyoda qabul qilingan tuşunçaga aylangan.
Qirğiziston va Tojikistonning çegara böyiça kelişuvi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Tojikiston bilan çegara masalalarini hal qiliş doirasida çegaraoldi qişloqlar aholisini köçiriş böyiça kelişuvga erişilganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, bu çegara himoyasida muammolarning oldini oliş uçun zarur qadam hisoblanadi.
Japarov davlat axborot agentligiga bergan intervyusida, agar tojik fuqarolari uylari qirğiz hududida qolgan bölsa, ular köçirilişini, şuningdek, qirğiz fuqarolari uylari Tojikiston hududida qolgan bölsa, ular uçun yangi uylar qurilişi ta’minlanişini aytib ötdi.
Prezidentning ta’kidlaşiça, bahsli hududlar har bir metr hisobga olingan holda hal qilingan. Hozir çegara hujjatlarini rasmiylaştiriş jarayoni davom etmoqda.