Intertek Group plc 1885 yilda London şahrida taşkil etilgan. Kompaniya ötgan davr mobaynida neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, quriliş, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boşqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qiliş, xavfsizligini ta’minlaş va standartlaştiriş sohasida jahondagi yetakçilardan biri sifatida nom qozondi. Uning 100 dan ortiq mamlakatlarda mingdan ortiq ofislari, laboratoriyalari va sertifikatsiya markazlari mavjud.
Muloqot çoğida mamlakatda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oşiriş maqsadida Intertek kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida sertifikatlaş, yorliqlaş va öraş böyiça hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.
Irina Berenvald 2024 yilda Toşkent qilgan amaliy safari yakunlarini yuqori baholadi. U, şuningdek, Intertek kompaniyasi va Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga soliş agentligi örtasida imzolangan Hamkorlik memorandumni amalga tatbiq etiş böyiça muzokaralarni davom ettirişga qiziqiş bildirdi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi va Intertek kompaniyasi örtasida onlayn muzokaralar taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.








