Ğazo uruşining yetimlari, Suriyaning yangi prezidentiga aylangan aş-Şar’a va Rossiyaga dronlar galasi hujumi - kun dayjesti
|19:52 / 30.01.20256 2519 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi uruş oqibatlari
Falastin Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, 2023 yil oktyabridan buyon Ğazoda davom etayotgan harbiy harakatlar 38 ming 400 bolani ota-onasiz qoldirdi.
Vazirlik vakili Zohir al-Vohidiyga köra, 32 ming 151 bola otasini, 4 ming 417 bola onasini yöqotgan. 1918 bola esa ham otasi, ham onasidan ayrilgan. Şuningdek, 13 ming 901 ayol beva qolgan.
Isroilning hujumlari natijasida falastinlik 2092 oila butunlay yöq qilingan, ularning fuqarolik röyxatidan ham nomlari öçgan.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 47 ming 300 falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok bölgan. Şu bilan birga, 10 mingdan ortiq kişi vayronalar ostida qolgan bölib, ularni qidiriş işlari davom etmoqda.
«Hizbulloh»: Isroil 1350 marta şartlarni buzdi
«Hizbulloh» yetakçisi Naim Qosim öz çiqişida Isroilning janubiy Livandan qöşinlarini olib çiqiş muddatini uzaytiriş taklifini rad etdi.
«Şartnoma muddati yakşanba kuni tugadi va uni uzaytiriş uçun heç qanday asos yöq», — dedi u. Qosim Isroilni 1350 marta otişni töxtatiş şartlarini buzganlikda aybladi.
Uning sözlariga köra, «Hizbulloh» Livan hukumati iltimosiga binoan, Isroilning hujumlariga javob qaytarmay turibdi. Şuningdek, u Isroil harakatlari oqibati uçun mas’uliyat BMT, AQŞ, Fransiya zimmasida ekanini ta’kidladi.
Livan soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, yakşanba va duşanba kunlari Isroil hujumlari natijasida 24 kişi halok bölgan, 141 kişi yaralangan.
Tramp Suriyadan qöşinlarni olib çiqadimi?
AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriyadagi harbiy hozirligini keskin kamaytirişni rejalaştirmoqda. Isroilning Kan telekanali manbalariga köra, Vaşington bu haqda Tel-Avivni xabardor qilgan.
Hozirda Suriyada taxminan 2000 nafar amerikalik askar joylaştirilgan. AQŞ qöşinlarining çiqib ketişi Isroil xavfsizligiga tahdid solişi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
Şuningdek, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Aş-Şayx toğida Isroil qöşinlari Suriyada «muddatsiz» qolişini ma’lum qildi.
Dekabr oyida Isroil armiyasi Suriya harbiy obektlariga yirik havo hujumlari uyuştirdi va bu xalqaro tanqidlarga sabab bölgan edi. Tel-Aviv şuningdek, 1974 yilgi bitimni bekor qilib, Jölan tepaliklaridagi qurollardan xoli hududga qöşinlarini joylaştirdi.
Bu orada Suriya ma’muriyati rahbari Ahmad aş-Şar’a mamlakatning ötiş davridagi prezidenti sifatida e’lon qilindi.
Yangi hukumat, şuningdek, oldingi konstitutsiya bekor qilinişi va parlament tarqatib yuborilişini e’lon qildi. Barça xavfsizlik xizmatlari va qurolli tuzilmalar tarqatiladi — ularning örniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo böladi.
AQŞ Senati Haaga sudini qölladi
AQŞ Senati 28 yanvar kuni respublikaçilar tomonidan taklif qilingan Xalqaro jinoiy sudga qarşi sanksiyalarni közda tutuvçi qonun loyihasini qöllab-quvvatlamadi.
Loyiha Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallant ustidan çiqarilgan hibsga oliş orderiga javob sifatida işlab çiqilgan edi.
Respublikaçilar taşabbusi 54 ovoz jamğardi, ammo qonun qabul qilinişi uçun 60 ovoz kerak edi. Demokratlarning aksariyati loyihaga qarşi çiqdi.
Qonun Isroil yoki AQŞ fuqarolariga qarşi tergov ötkazgan har qanday xorijiy şaxsga qarşi sanksiyalar joriy etişni nazarda tutardi.
Biroq demokratlar hujjatni juda keng qamrovli deb hisoblab, u xalqaro munosabatlarga jiddiy ta’sir qilişi mumkinligini aytdi.
Lekin Donald Tramp Kongress tasdiğisiz ham Haaga sudiga qarşi sanksiyalarni prezident farmoni orqali kiritiş imkoniyatiga ega.
Putin: «Muzokaralarga oçiqmiz, lekin Zelenskiy nolegitim»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokara ötkazişga tayyorligini bildirdi, lekin uning legitimligini tan olmasligini aytdi.
«Muzokaralar har qanday odam bilan ötkazilişi mumkin, lekin anavi odam [ya’ni, Zelenskiy] nolegitim. Agar u muzokaralarda iştirok etmoqçi bölsa, biz unga mos keladigan vakillarni tanlaymiz», — dedi Putin.
Putinga köra, Ukraina muzokaralardan oldin 2022 yil oktyabrida qabul qilingan özi bilan muzokaralarni taqiqlovçi qarorni bekor qilişi kerak. «Buni faqat Ukraina parlamenti raisi amalga oşirişi mumkin», dedi Putin.
Şuningdek, u odatiy tarzda Ğarb mamlakatlarini Ukrainani uruşni davom ettirişga «majburlayotganlikda» aybladi. Putinga köra 2022 yil bahorida Rossiya Kiyevdan öz qöşinlarini olib çiqqaç, Yevropa yetakçilari tinçlik kelişuvi imzolanişini kafolatlagan, ammo bu va’da bajarilmagan.
Zelenskiy muzokaralarga taqiq qarori faqat boşqa rasmiylarga tegişli ekanini, ammo uning özi bunday qaror qabul qiliş huquqiga ega ekanligini aytgan.
Rossiyada dronlar galasi hujumi
Rossiya hududiga 2025 yil boşidan beri ikkinçi eng yirik dron hujumi amalga oşirildi. Rossiya rasmiylari 104 ta zarbdor dron tutib olingani haqida xabar berdi.
Nijniy Novgorod oblastida dron hujumidan söng Kstovo şahridagi sanoat hududida yirik yonğin kelib çiqqan. Hujumda jumladan, «Lukoyl-Nijyegorodnefteorgsintez» neft zavodi nişonga olingan. Bu korxona 2024 yil bahorida ham hujumga duçor bölgan va ta’mirlaş işlari ikki oy davom etgan.
Smolensk oblastida hujum nişonlaridan biri gubernator Vasiliy Anoxinga köra, atom elektr stansiyasi bölgan. Çunki stansiya yaqinida dron urib tuşirilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, 104 drondan 47 tasi Kurskda, 27 tasi Bryanskda, 11 tasi Smolenskda, qolganlari esa 6 ta boşqa hududda yöq qilingan.
AQŞ Ukrainaga harbiy yordamni töxtatdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordamni töxtatiş haqida qaror çiqardi. The Washington Post naşriga köra, Trampning qarori Kiyevga ajratilayotgan mablağlarni muzlatib qöydi, şu jumladan, USAID dasturi orqali moliyalaştirilayotgan loyihalar ham töxtatildi.
Amerika tomonidan moliyalaştirilgan veteranlarni qöllab-quvvatlaş markazlari, maktab va tibbiy yordam dasturlari faoliyati tugatildi. USAID 2022 yildan beri Ukrainaga 30 mlrd dollar ajratgan edi.
Biroq Ukraina davlat xizmatçilarining maoşlari uçun ajratilgan mablağlar hozirça saqlab qolindi. Ayrim manbalarga köra, yordam muzlatilgani bilan ular butunlay bekor qilinişi haqida hozirça aniq ma’lumot yöq.
Ukrainalik veteranlarga yordam markazlari ham yopila boşladi. Mablağlar tugatilgani sababli 30 nafar xodim işdan böşatildi va psixologik hamda huquqiy yordam taqçillaşib bormoqda.
Ukraina rasmiylari bu holatni oçiq muhokama qilişdan çöçişmoqda, çunki bu Vaşington bilan munosabatlarga salbiy ta’sir qilişi mumkin. AQŞ rasmiylari yordam faqat 90 kunga töxtatilganini aytmoqda, biroq u qayta tiklanişi hozirça dargumon.
Oq uy jurnalistlarni javobgarlikka tortadi
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ommaviy axborot vositalarini yolğon xabarlar uçun javobgarlikka tortiş niyatida. Oq uyning yangi matbuot kotibi Karolin Levitt özining birinçi brifingida şu haqda e’lon qildi.
Uning sözlariga köra, Trampga qarşi yolğon tarqatgan an’anaviy media kompaniyalar endi ma’muriyatning qattiq munosabatiga duç keladi. Har bir dezinformatsiya holatiga qarşi çoralar körilişi ta’kidlandi.
Şuningdek, Tramp ma’muriyati Oq uyga kiriş tizimini özgartiradi. Yangi qoidalarga köra, blogerlar, podkasterlar va mustaqil jurnalistlar ham rasmiy akkreditatsiya oliş imkoniga ega böladi.
Levitt Trampni «Amerika tarixidagi eng şaffof va oçiq prezident» deb atadi.
GFR: Kanslerlikka nomzod tanqid ostida
Germaniyada kanslerlikka asosiy nomzod bölgan Xristian-demokratik ittifoqi yetakçisi Fridrix Mers öta öngçi «Germaniya uçun muqobil» partiyasi bilan hamkorlik qilişda ayblanmoqda.
Mers 28 yanvar kuni mamlakatga noqonuniy migrantlarning kirişini çeklaşni közda tutuvçi takliflarni e’lon qildi. Bu takliflarga hokimiyatdagi Sotsial-demokratik partiya va «Yaşillar» qarşilik qilmoqda. Qonunni ötkaziş uçun GuM ovozlari kerak bölişi mumkin, bu esa siyosiy doiralarda şov-şuvlarga sabab böldi.
Kansler Olaf Şols va tanqidçilarga köra, Mers GuMni «qonuniylaştirib», öta öngçilarga yöl oçib bermoqda. U öz qarorini mamlakat xavfsizligi va fuqarolar taşvişlari bilan izohlamoqda.