Boş prokuratura ma’lum qilişiça, Andijon viloyati Xöjaobod tumanidagi “B.B.B” MÇJ rahbari A.S. jamiyatga qaraşli binoda taşkil qilingan ohak sexiga örnatilgan elektron hisoblagiçning tamğasini buzgan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 5,3 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. 
  
Şuningdek, Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi “S.T.” MÇJ mansabdor şaxslari va boşqalar jamiyatga qaraşli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini örnatib, qonunga zid ravişda mayning faoliyati bilan şuğullanib kelgan.

Oqibatda 2,1 mlrd sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Holatlar yuzasidan jamiyat mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.