Eskirgan tartibga soliş mexanizmlarini bartaraf etiş maqsadida qator qonunlarga özgartirişlar kiritilmoqda.

Xususan, «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonundan mahalliy hokimiyat organlarining iste’molçilarning (iste’molçilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etiş böyiça vakolatlarini belgilovçi norma çiqarib taşlanmoqda.

«Baholaş faoliyati töğrisida»gi qonundan baholovçi taşkilotda qonunçilikda nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjud bölişi lozimligi haqidagi norma çiqarib taşlanmoqda.

Şuningdek, «Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida»gi qonundan investitsiya buyurtmanomasiga: şaxsni tasdiqlovçi hujjatning köçirma nusxasini (investor — jismoniy şaxs uçun) ilova qiliş böyiça talab çiqarib taşlanmoqda.

Qonun bilan boşqa hujjatlarga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.