Germaniya kansleri Olaf Şols immigratsiya qonunlaridagi çeklovlar böyiça ogohlantirdi. «Boşpana oliş huquqi bizning huquqiy va qadriyat tizimimizning ajralmas qismidir. Biz uni buzişga haqqimiz yöq», dedi u 29 yanvar, çorşanba kuni Bundestagda migratsiya siyosati mavzusidagi hukumat bayonotida.

Federal hukumat rahbari Germaniyada boşpana oliş huquqi «şuningdek, natsistlar hukmronligi dahşatlariga töğridan töğri javob» ekanligini, zöravonlik, uruş va terrordan himoya qiliş hamda insonparvarlik va adolat ifodasi ekanligini eslatib ötdi. Şu bilan birga, «boşpana oliş huquqiga ega bölganlar va u tegişli bölmaganlar örtasida aniq farq bölişi kerak», dedi u.

Germaniya 43 000 dan ortiq kişiga çegarada davlatga kirişga ruxsat bermadi

Germaniya Içki işlar vazirligiga köra, mamlakat çegaralarida politsiya tekşiruvlari qaytganidan keyin ön minglab odamlarning Germaniyaga kirişiga tösiq paydo böldi. Nazorat 2023 yil oktyabr oyida joriy etilganidan beri – avvaliga törtta davlat bilan çegaralarda va 2024 yilning kuzidan boşlab Germaniyaning barça çegaralarida – 43,5 ming kişiga kirişga ruxsat berilmagan, dedi departament vakili 27 yanvar kuni Berlinda jurnalistlarga.

«Bu noqonuniy kirişlar katta qismining rad etiş orqali oldi olinganligini anglatadi», — deya uning sözlarini keltiradi Reuters. Içki işlar vazirligi vakilining ta’kidlaşiça, «munozaralarda köpinça bunga e’tibor berilmaydi». Biroq, federal hukumat nuqtayi nazaridan, «butunlay tartibsiz» çiqarib yuboriş mumkin emas.