Biznes-ombudsman davlat organlari va taşkilotlarining tadbirkorlik sub’yektlaridagi davlat nazoratiga oid faoliyatini baholadi.

Eng yaxşi körsatkiçni Hisob palatasi (95 ball) qayd etgan. Undan keyingi örinlarda Din işlari böyiça qömita (90 ball) va Fuqaro aviatsiyasi agentligi (90 ball). Umuman olganda, 10 ta regulyatorning faoliyati “yaxşi” deb topilgan.

Şuningdek, yana 7 ta davlat taşkilotining harakati “qoniqarli” deya baholangan. Uşbu toifaga kirgan davlat taşkilotlari orasida, xususan, Markaziy bank, Bojxona qömitasi va Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bor.

Tadbirkorlik sohasidagi tekşiruvlarning samaradorligi böyiça eng yomon körsatkiçni Soliq qömitasi (-45 ball), Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi (-40 ball) hamda Quriliş inspeksiyasi (– 35 ball) qayd etgan. Ularning faoliyati manfiy darajada baholangan.

Yana 9 ta vazirlikning (Maktab, Kambağallikni qisqartiriş, Oliy ta’lim, Soğliqni saqlaş, Adliya, Içki işlar, Qişloq xöjaligi, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya) iş faoliyati ham “qoniqarsiz” deb topilgan.