AQŞ prezidenti Donald Tramp 29 yanvar, çorşanba kuni «antisemitizmga qarşi kuraş töğrisida»gi farmonni imzolamoqçi böldi, unda Falastinni qöllab-quvvatlovçi namoyişlarda qatnaşgan xorijliklarni – talabalarni ham, boşqalarni ham mamlakatdan çiqarib yuboriş nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

Agentlik keltirgan Oq uy matniga köra, AQŞ Adliya vazirligi «amerikalik yahudiylarga qarşi terrorçilik tahdidlari, öt qöyiş, vandalizm va zöravonliklarni» jinoiy javobgarlikka tortiş uçun «tezkor çoralar» körişi kerak. Tramp, şuningdek, Yaqin Şarqda Hamas guruhi hujumidan söng boşlangan mojaroning kuçayişi munosabati bilan Amerikaning «kampuslari va köçalarida» «antisemitizm portlaşi»ga qarşi kuraşiş uçun «barça federal resurslar»ni safarbar qilişga va’da bermoqda. 

«Bu mamlakatdagi norozilik namoyişlariga qöşilgan barça çet el fuqarolarini ogohlantiramiz: 2025 yilda biz sizni topib, deportatsiya qilamiz, - deb yozadi Reuters Tramp muallifligidagi hujjatga tayanib. - Men barçaning talabalik vizalarini tezda bekor qilaman Universitet kampuslarida Hamas tarafdorlari radikalizm bilan kasallangan».

AQŞ sudi Trampning grantlarni muzlatiş haqidagi farmonini vaqtinça töxtatib qöydi

28 yanvar kuni Vaşington sudi Tramp ma’muriyatining barça federal grantlar va boşqa turdagi hukumat yordamlarini muzlatiş haqidagi buyruğini vaqtinça blokladi, deb xabar bermoqda CNN. Boşqaruv va budjet idorasining (OMB) buyruği kuçga kirişidan biroz oldin, sudya Loren Alixon notijorat taşkilotlar, kiçik biznes egalari va soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislari vakili bölgan bir neçta advokatlik guruhlari tomonidan berilgan da’voni qondirib, farmonga vaqtinçalik taqiq qöydi.

Sudya öz qarorini Oq uy buyruği «tuzatib bölmaydigan zarar yetkazişi xavfi» bilan asosladi. «Hukumat muzlatib qöyiladigan dasturlarning töliq hajmini tuşunmaydi», dedi sudya.

Amerika matbuotiga köra, Trampning qarori, jumladan, universitet grantlari, kiçik biznes uçun kreditlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş loyihalari va gender xilma-xilligini qöllab-quvvatlaşga ta’sir qiladi. Oq uy barça federal yordam dasturlari töxtatilişini uşbu dasturlar Tramp siyosatidagi ustuvor yönalişlarga qançalik mos kelişini tekşiriş zarurligi bilan izohladi.

Keyingi sud majlisi 3 fevralga belgilangan. Şu paytgaça Tramp ma’muriyati AQŞ Kongressi tomonidan tasdiqlangan hukumat yordam dasturlari doirasidagi tölovlarni töxtata olmaydi, deya qaror qildi sudya.