Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp millionlab davlat xizmatchilariga 8 oylik maosh bilan ishdan bo‘shashni taklif qildi
Shu yo‘l bilan Tramp hukumati 100 milliard dollargacha mablag‘ tejab qolishni rejalashtirmoqda.
Foto: Getty images
AQShda davlat xizmatchilariga sakkiz oylik maosh to‘lash taklifi bilan ishdan bo‘shash haqida xatlar jo‘natildi. Bu hukumatni qisqartirishga qaratilgan muhim qadam, deb yozmoqda BBC.
Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishgan zahoti “koronavirus erasi” tugagani, pandemiya sabab uydan ishlashga o‘tgan xodimlar ofisga qaytishi kerakligi haqida qaror chiqargandi. Endilikda xodimlarga o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash taklif qilinmoqda.
Millionlab amerikaliklar 6 fevralgacha bir qarorga kelishi kerakligi haqida xat oldi. Agar ishdan bo‘shashga rozilik bildirishsa, ularga sakkiz oylik maosh va barcha imtiyozlar beriladi.
Tramp ma’muriyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliondan ortiq xodimdan taxminan 10 foizi yoki 200 ming nafari taklifni qabul qiladi. AQSh rahbari tarafdorlarining fikricha, bu bitim hukumatga 100 milliard dollargacha mablag‘ tejash imkonini beradi.
Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi qolishni istagan xodimlarning ish o‘rinlari kelgusida qisqartirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“Biz sizga o‘z lavozimingiz yoki idorangizda qolishga to‘liq kafolat bera olmaymiz, ammo agar lavozimingiz tugatilsa, sizga hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘linishini ta’minlaymiz”, — deb ta’kidlangan xabarnomada.
Mavzuga oid
22:51 / 14.01.2026
Daniya Grenlandiyaga ilg‘or harbiy bo‘linmalarni yuboradi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
20:56 / 14.01.2026
Tramp ma’muriyati Grenlandiyani 700 milliard dollarga sotib olmoqchi
20:27 / 14.01.2026