O‘zbekiston | 08:03 / 31.01.2025
2852
1 daqiqa o‘qiladi

3,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan muzlatkich ombori aniqlandi

MChJ rahbari jamiyatga qarashli muzlatkich omborini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan.

Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi muzlatkich omborida 3,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Bosh prokuratura xabar berishicha, “Q.A.A” MChJ rahbari X.R. jamiyatga qarashli muzlatkich omborini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid