28 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Air Busan aviakompaniyasi Airbus A321-200 samolyoti parvozga tayyorlanayotgan vaqtda dum qismida yonğin sodir bölgan edi.

Ma’lum bölişiça, omadli tasodif tufayli samolyotning parvozi 20 daqiqaga keçiktirilgan.

Janubiy Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi 30 yanvar kuni samolyotdan qora qutilar olinganini ma’lum qildi. Airbus zavodi ştab-kvartirasi joylaşgan Fransiyadan tergovçilar guruhi ham Koreyaga yetib keldi. Ular xalqaro qoidalarga muvofiq tergovga qöşiladi.

Yonğin havo layneri parvozga tayyorlanayotgan vaqtda sodir bölgan. Samolyot bortidagi barça 176 kişi - 169 yölovçi va 7 ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli evuakatsiya qilindi, faqat 7 nafari yengil jarohatlar oldi.

Parvozdagi yölovçilar guvohligiga köra, yuqori yuk javonidan «qarsillagan» ovoz eşitilgan, keyin esa tutun çiqqan. Şuningdek, styuardessaning guvohlik berişiça, yonğin 28-qatordagi örindiqlar ustidagi javonda boşlangan.

Tergov hozirça guvohlarning körsatmalarini tasdiqlagani yöq. Biroq, Air Busan rasmiylarining ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilişiça, yonğinga «yölovçining yuqori javonda joylaşgan portativ quvvat beruvçi moslamasi (pauerbank) sabab bölgan».