Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligiga qöşimça vazifalar yuklandi:
- biologik faol qöşimçalar va kosmetika mahsulotlari industriyasini rivojlantiriş;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qiliş va hisobini yuritiş;
- farmatsevtika sohasini raqamlaştiriş va axborot dasturlarini joriy etiş.
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" tomonidan xorijiy valutada qayd etilgan referent narxlar quyidagi hollarda avtomatik ravişda (tadbirkor murojaatisiz) qayta körib çiqiladi:
- xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 3 foiz yuqori bölsa - har yilning yanvar va iyul oylarida;
- xorijiy valutaning milliy valutaga nisbatan qiymati dori vositasiga qayd etilgan oxirgi qiymatdan 5 foiz yuqori bölsa - muddatidan avval.
Savdoga kömaklaşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan farmatsevtika korxonalarining barqarorlik reytingi asosida quyidagilar nazarda tutiladi:
- mahalliy korxona – işlab çiqaruvçilarning dori vositalaridan birini AQŞning Food and Drug Administration (FDA) taşkilotida yoki Yevropa Ittifoqining European Medicines Agency (EMA) taşkilotida röyxatdan ötkaziş bilan boğliq xarajatlarning 100 foizi röyxatdan ötkazilganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etgandan söng qoplaş;
- mahalliy korxona – işlab çiqaruvçilarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda röyxatdan ötkaziş bilan boğliq xarajatlarning 50 foizi röyxatdan ötkazilganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etgandan söng qoplaş.







