O‘zbekiston | 09:43 / 31.01.2025
18312
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada “Gai” xodimi jarima maydoniga olib ketayotgan BYD voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashdi

YTH oqibatida Damas’ni boshqargan 2007 yilda tug‘ilgan o‘smir shifoxonada vafot etgan. YPX inspektori BYD’ni aholi yashash punktida yuqori tezlikda boshqargan. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.

Foto: videodan kadr

Oltiariq tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 30 yanvar kuni sodir bo‘lgan. O‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli BYD Song mashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi aniqlangan. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganda 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan. Damas mashinasi bolaning ustozi A.S.ga tegishli bo‘lgan.

O‘smir Damas’ni ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga haydab chiqqan. Asosiy yo‘ldan kelayotgan BYD Song esa Damas’ga kelib urilgan.

YTH oqibatida Damas haydovchisi X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda BYD Song kamerasiga yozilib qolgan YTH videosi tarqaldi. Unda ko‘rinishicha, YPX inspektori mashinani aholi yashash punktida 87 km/soat tezlikda boshqargan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 