Mer örinbosari Arno Ngatça ikki mamlakat poytaxtlari Toşkent va Parij şaharlari örtasida özaro hamkorlik va birodarlik aloqalarini yölga qöyiş hamda tegişli kelişuvni işlab çiqiş böyiça taklifni yuqori baholadi.
Şuningdek, Fransiya tomoni Parij şahrida şu yil may oyida bölib ötadigan Özbekiston madaniyati kunlari tadbirlarini yuqori darajada taşkil etiş böyiça barça zarur yordam körsatilişini tasdiqladi.








