O‘zbekiston | 10:00 / 31.01.2025
1621
4 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda mahalliylashtirish doirasida yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Foto: O‘zbekgidroenergo

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 28 yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035 yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qo‘shimcha quvvat yaratilgani, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, “yashil” energiya hissasi esa 16 foizga yetgani qayd etildi.

Aytish joizki, bu borada mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida e’tibor qaratilib, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliylashtirish doirasida keng ko‘lamli amaliy faoliyat olib borilmoqda.

Jamiyat tomonidan rejaviy asosda hududlarda kichik va mikro shakldagi yangi GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.

30 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida, Hisorak suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GESning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatov, “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, Qashqadaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodullo Azizov, Shahrisabz tumani hokimligi hamda hududiy tizim korxonalari mutasaddilari, soha mutaxassislari, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Murodullo Azizov ochib berdi hamda yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida energetika sohasi, xususan, “yashil” energetika manbalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini, bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shayotganini alohida qayd etdi.

So‘zga chiqqan “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJ direktori Vohidjon Ahmadjonov tomonidan xalqimizga xizmat qilish yuksak sharaf ekani, gidroenergetika tarmog‘i “yashil energetika”ning muhim manbai ekani, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi endilikda to‘laqonli mahalliylashtirish doirasida bajarilayotgani, hududlarda qurilayotgan kichik va mikro GESlar loyihalarida milliy kontentdan samarali foydalanilayotgani ta’kidlandi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Shahrisabz tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda mahalliy aholi farovonligi uchun energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 17,5 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Hisorak kichik GES foydalanishga topshirildi.

Hisorak kichik GES qurilishi to‘liq mahalliylashtirish doirasida Jamiyat tomonidan amalga oshirildi. Loyihalash va qurilish-montaj ishlari tizim tashkilotlari “Gidroproyekt” AJ hamda “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJ tomonidan bajarildi.

GESning loyihaviy qiymati 1,5 mln dollarga teng. Yangi GESda 6 ta ish o‘rni yaratildi. GES faoliyati yiliga o‘rtacha 5 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga zamin yaratadi.

Ishga tushirilgan mazkur GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya 7 300 ta xonadonni nurafshon qilishga xizmat qiladi.

Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 