Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi hamkorlari AQŞdan Kiyevga bölajak yordam körsatiş borasida noaniq vaziyatda xotirjam harakat qilmoqda, dedi Ukraina boş vazirining Yevropa va Yevroatlantika integratsiyasi böyiça örinbosari Olga Stefanişina 30 yanvar, payşanba kuni Bryusselda.

«Ta’kidlaşim mumkinki, heç qanday vahima, xavotir yöq, Ukraina 2025 yil uçun moliyaviy tölov qobiliyati bilan ta’minlangan, NATO esa harbiy yordamni muvofiqlaştirişni öz zimmasiga oldi, ya’ni bizda bu borada katta uzilişlar bölmaydi. 2025 yil hal qiluvçi yil böladi degan fikr bor va şunga köra, Yevropa Ittifoqi bu Ukraina uçun muvaffaqiyatli bölişini ta’minlaş borasida barça sa’y-harakatlarga tayyor», dedi Stefanişina Bryusselda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan uçraşuvdan söng DW naşriga. 

Ukraina boş vaziri örinbosari NATOning Kiyevga harbiy yordam körsatişni muvofiqlaştiriş böyiça missiyasi NSATU fevral oyidayoq töliq işga tuşişi mumkinligini ta’kidladi: "U allaqaçon muvofiqlaştirişni qisman öz zimmasiga olgan va aslida bu Ukraina özini xotirjam his qilişi uçun yetarli şaroit yaratadi".

Bundestag Ukrainaga yordam körsatiş böyiça bir qarorga kelolmadi

Ukrainaga yordam körsatiş uçun qöşimça mablağ ajratiş masalasi böyiça partiyalar örtasidagi kelişmovçiliklar 30 yanvarga ötar keçasi Germaniya Bundestagi sessiyasining muddatidan oldin tugatilişiga olib keldi. 

Erkin demokratik partiya (ErDP)ning budjetdan taşqari xarajatlar uçun 3 milliard yevrogaça mablağ ajratiş taklifi atrofidagi munozaralar taxminan soat 00:30 da parlament öz kvorumini yöqotişi bilan yakunlandi: ErDP taklifi böyiça ovoz berişda atigi 320 nafar parlament a’zosi iştirok etdi. Kvorumga erişiş uçun parlamentning 733 a’zosining yarmidan köpi hozir bölişi kerak.

Oxir-oqibat, "90-alyans"/"Yaşillar" partiyasidan Bundestag raisi örinbosari Katrin Gyoring-Ekkardt karbonat angidrid taşlamalari narxi böyiça rejalaştirilgan muhokama kun tartibida qolgan bölsa-da, yalpi majlisni erta yopişga qaror qildi.