O‘zbekiston | 22:50 / 31.01.2025
5286
3 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston hududidan O‘zbekistonga olib o‘tilgan 111 kg narkotik moddalar aniqlandi

Ushbu narkotik moddalar Samarqand va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida musodara qilingan.

Foto: Videodan kadr

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 111 kilogramm narkotik modda musodara qilindi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumanidan aylanma yo‘llar orqali 10 kilogramm 894 gramm opiy moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari — 1980, 1982, 1989 yillarda tug‘ilgan uch nafar aka-uka qo‘lga olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi bo‘lgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi 43 yoshli ayol ham ushlanib, uning yashash xonadonida saqlanayotgan 13 kilogramm 85 gramm opiy moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Boshqa holatda esa o‘zbek—tojik davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumani, Turon MFY hududidan o‘tuvchi qismida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Mastchox tumanidan Bekobod tumaniga oqib o‘tuvchi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan uch dona yelim idishdagi jami 8 kilogramm 381 gramm opiy va 59 kilogramm 296 gramm gashish moddalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish maqsadida chegara hududiga kelgan vaqtlarida Bekobod shahri va tumanida istiqomat qiluvchi 1985, 1989, 1996 va 1997 yillarda tug‘ilgan to‘rt nafar fuqaro qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, ulardan ikki nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, o‘zbek—tojik davlat chegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi ichida 3 kilogramm 942 gramm opiy va 15 kilogramm 473 gramm gashish moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 