AQŞning Pensilvaniya ştati Filadelfiya şahrida Learjet 55 rusumli kiçik samolyot turar-joy mavzesiga qulab tuşdi, oqibatda yonğin yuzaga keldi.

Samolyot bemorlarni taşişga möljallangan tez yordam uçoği bölgan. CNN xabariga köra, uning bortida bemor qiz, uning onasi, ikki nafar tibbiyot xodimi va ikki nafar uçuvçi bölgan.

Layner bemor qizni AQŞda ötkazilgan hayotiy muhim muolajadan söng vataniga – Meksikaga qaytarib olib ketayotgan bölgan.

Samolyot Meksikaning Jet Rescue Air Ambulance kompaniyasiga qaraşli bölib, bortdagilar ham Meksika fuqarolari bölgan. Jet Rescue Air Ambulance vakillari halokat paytida biror kişi omon qolgani haqida ma’lumot yöqligini bildirdi.

Samolyotning qulaşi natijasida yerda kelib çiqqan yonğin bir neçta uylarga zarar yetkazdi. Kamida 6 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qildi.

Aviahalokat sabablari aniqlanmoqda. Kuzatuvçilardan biri CNN telekanaliga samolyot havoda portlaganini aytgan. Portlaşga bortdagi kislorod ballonlari sabab bölgan bölişi mumkin.