31 yanvar kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov prokuratura organlari tomonidan mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlaş va fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş, jinoyatçilikning oldini oliş borasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, prokuratura organlari tomonidan kambağallikni qisqartiriş böyiça manzilli işlar olib borilib, qariyb 2 million oilaga kömak berilgan, ularning oila a’zolari işga joylaştirilişi natijasida turmuş şaroitlarini yaxşilaşga erişilgan.
Boş prokuratura 2024 yilda ötkazgan nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy yordam mablağlarini olib kelayotgan 20 ming 129 ta oila reyestrdan çiqarilgan, budjetdan 32 mlrd söm mablağ tölanişining oldi olindi.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga taqdim qilgan misollariga köra, Buvayda tumanida yaşovçi fuqaro xonadonida 38 boş qoramoli, Yozyovon tumanida yaşovçi fuqaro savdo dökoni, Jalaquduq tumanida yaşovçi fuqaro oilasi foydalanuvida Cherry rusumli avtomaşinasi mavjud bölsa-da, nafaqa olib kelayotgani aniqlangan. Ular reyestrdan çiqarildi.
Örganişlarda ijtimoiy ahvoli oğir bölgan holda reyestrga kiritilmagan 5 ming 274 ta oila reyestrga kiritilib, davlat ijtimoiy himoyasiga olinişi ta’minlandi.
Şuningdek, 2024 yilda aholi bandligini ta’minlaş doirasidagi nazorat tadbirlari davomida:
- 489 nafar fuqaroga keçiktirilgan 3,8 mlrd söm iş haqlari undirib berildi;
- 78 ta holatda 11,2 mlrd sömlik iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar talon-toroj qilingani aniqlanib, aybdor şaxslarning javobgarlik masalasi hal qilindi;
- hisobotlarda 862 ming 350 ta yangi iş örni qöşib yozilgani aniqlanib, tegişli çoralar körildi;
- 4,7 mlrd sömlik zarar ixtiyoriy undirildi, fuqarolar manfaatini közlab sudlarga 31,2 mlrd sömlik 2 ming 185 ta da’vo arizalari kiritildi.








