Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) sobiq rahbari, 47 yoşli Luis Rubiales 2020-21 yilgi Çempionlar ligasi va 2023 yilgi Ayollar jahon çempionati ğolibi Jyennifer Ermosoga nojöya xatti-harakati işi böyiça 3 fevral kuni Madriddagi sudga keladi. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Nojöya xatti-harakat sportdagi maçizm böyiça ayblovlarga olib keldi. Rubiales jinsiy zöravonlikda va Ermosoni majburlaşga urinişda ayblanmoqda. Sobiq futbol amaldorining özi bu ayblovlarni rad etadi.
Bu işda Rubialesdan taşqari ayollar terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Xorxe Vilda, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining sobiq sport direktori Albert Luke va uning marketing bölimi sobiq rahbari Ruben Rivera ham iştirok etmoqda, ular Ermosoga bosim ötkazganlikda gumon qilinmoqda.
Ayblov Rubiales uçun 2-1,5 yillik qamoq jazosini söramoqda
Ayblov tomoni Rubiales uçun 2-1,5 yil qamoq jazosini söramoqda. Odatda Ispaniyada ikki yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinganlar, agar ilgari sudlanmagan bölsa, zararni tölaş orqali qamoq jazosidan qutulib qolişi mumkin.
2023 yil oktyabr oyida Rubiales uç yilga milliy va xalqaro miqyosdagi futbol bilan boğliq barça faoliyatlardan çetlaştirildi. Bu haqdagi qaror Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Tartib-intizom qömitasi tomonidan qabul qilingan.
Tartib-intizom qömitasi Rubiales FIFA Tartib-intizom kodeksining 13-moddasini buzgan deb topdi. «Bu iş 2023 yil 20 avgust kuni bölib ötgan FIFA ayollar örtasidagi jahon çempionati finalida sodir bölgan voqealar bilan boğliq bölib, Rubiales dastlab 90 kunga diskvalifikatsiya qilingan edi», — deyiladi xabarda.
FIFA Tartib-intizom kodeksining 13-moddasini buziş futbolçilar va mansabdor şaxslar tomonidan «tajovuzkor xatti-harakatlar», xususan «odobli xulq-atvorning asosiy qoidalarini buziş» va «sport obrösiga putur yetkazuvçi harakatlar»ni öz içiga oladi.








