Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan şaxsning özbeklarni it deb atagani aks etgan video tarqalgan edi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, video internetda topilişi bilanoq Rossiya tomoniga zudlik bilan murojaat qilingan.

“Qaysi millatga mansub bölişidan qat’i nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Özbekiston öz fuqarolarining huquqlari, şa’ni va qadr-qimmatini qayerda bölişidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravişda kuzatib boramiz. Uşbu video internetda topilişi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topiş va materialning haqiqiyligini tekşiriş juda muhimdir.

Tabiiyki, Rossiya tomoni şu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilişidan qat’i nazar, çuqur afsuslanarliligi”ni ta’kidladi.

Tekşiruvlar natijasida uşbu material provokatsion xususiyatga ega bölib, xalqlarimiz örtasidagi munosabatlarga nizo keltirib çiqarişga urinayotgan buzğunçi kuçlar tomonidan töqib çiqarilgani ma’lum böldi.

Rossiya tomonining xabar berişiça, videoda tilga olingan şaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda”, – deyiladi Özbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov tarqatgan bayonotda.

Rossiya TIV sözçisi Mariya Zaxarovaga köra, FSB bu erkakning şaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayeviç Koçmarik. Bayonotda u ukrainalik ekani iddao qilingan.