"Turkmaniston" aviakompaniyasi (Turkmenistan Airlines) Aşxobod-Moskva-Aşxobod yönalişida parvozlarni töxtatib turiş muddatini kamida mart oyiga qadar uzaytirdi. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni aviataşuvçining öziga tayanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi. Kompaniya öz qarori sabablarini tuşuntirmadi.
Turkmenistan Airlines Aşxobod va Moskva örtasidagi parvozlarni dekabr oyi oxirida töxtatgan edi. Dastlab 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 31 yanvargaça reyslar amalga oşirilmasligi e’lon qilingan edi. Buning sabablari öşa paytda ham tuşuntirilmagan.
TASS agentligining eslatganidek, "Turkmaniston" aviakompaniyasi oxirgi marta 2023 yil avgustida Moskva havo zonasidagi vaziyat, şuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlaş uçun xatarlarni baholaş asosida Moskvaga parvozlarni töxtatgan edi". Öşanda bu qaror Rossiya Mudofaa vazirligining Moskva oblastida Ukraina uçuvçisiz uçoğining hujumi töxtatilgani haqidagi xabarlari fonida qabul qilingan edi, deya ta’kidlaydi naşr.
Ayni vaqtda, «Interfaks»ning qayd etişiça, yanvar oyida Rossiyaning S7 aviakompaniyasi haftasiga 14 martagaça Moskva-Aşxobod reyslarini amalga oşiriş uçun Federal havo transporti agentligidan ruxsat olgan. 15 yanvardan boşlab har kuni parvozlar amalga oşirilyapti. Hozirda S7 Rossiya va Turkmaniston örtasida muntazam reyslarni amalga oşiruvçi yagona aviataşuvçi hisoblanadi, deya ta’kidlaydi agentlik.








