Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon 2 fevral kuni E’temad («Işonç») nomli yangi ballistik raketasi va Bavar 373-II havo hujumidan mudofaa tizimi bilan tanişdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.

Qayd etilişiça, taqdimot Eron Mudofaa vazirligi huzuridagi aerokosmik taşkilot körgazmasida bölib ötgan.

Agentlik ma’lumotlariga köra, yangi turdagi havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimi 300 kilometrgaça radiusni qamrab oladi, bir vaqtning özida 60 ta nişonni kuzatişi va oltita nişon bilan işlaşga qodir.

Modernizatsiya qilingan uşbu HHM tizimi alohida radiolokatsion qurilmalar bilan jihozlangan bölib, bu uning markaziy radardan mustaqil ravişda işlay olişini ta’minlaydi. Bavar 373ʼning dastlabki versiyasi 320 kilometr radiusdagi nişonni aniqlab, raketasini 200 kilometr uzoqlikka uçira olardi. Takomillaştirilgan Bavar 373-II esa 300 kilometrgaça uzoqlikdagi nişonni işğol etişga qodir.

E’temad ballistik raketasining uzunligi esa 16 metrni taşkil etadi va 1,7 ming kilometr uzoqlikka uça oladi. U nişonni yuqori aniqlikda yakson qilişga möljallangan jangovar kallak bilan jihozlangan.

Avvalroq Eron uçiş masofasi 20 kilometrgaça bölgan yangi kamikadze Rezvan dronini yaratgani, şuningdek, katta miqdordagi Ababil-4, Ababil-5 va Arash hujumkor dronlarini sotib olişni rejalaştirayotgani töğrisida xabar berilgandi.