Qöqon va Navoiy şaharlari, Oltinköl hamda Izboskan tumanlarida xorijga işga yuborişini aytib, fuqarolardan pul olayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Qöqon şahri bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. fuqaro A.Ğ.ning işonçiga kirib, uni va xotinini tanişlari yordamida Koreyaga işga yuborişini aytib, evaziga 12 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi departamentning Oltinköl tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning işonçiga kirib, uni 15 500 dollar evaziga Amerikaga işga yuborişini aytib, kelişilgan puldan 4 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Izboskan tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning işonçiga kirib, uni va xotinini Latviyaga işga yuborişini aytib, evaziga 4 000 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Navoiy şahar bölimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda “S.-c.” MÇJ boşqaruvçisi O.O‘. fuqaro A.F.ning işonçiga kirib, uni Germaniyaga işga yuborişi evaziga fuqaro A.B. orqali 2 200 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















