Qamaşi tumanida nizoli oilani yaraştiriş uçun borgan profilaktika inspektori 40 yoşli erkakning hujumiga uçradi. Fuqaro uning qölidan piçoqni olayotgan xodimga tan jarohati yetkazgan. Olgan jarohatiga qaramay, profilaktika inspektori fuqaroning qölidan oşxona piçoğini tortib olib, uni zararsizlantirgan.
Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanida profilaktika inspektori janjalli vaziyatda fuqaroning qölidan piçoqni oliş jarayonida jarohatlandi. Kun.uz holatni örgandi.
Ma’lum bölişiça, joriy yilning 29 yanvar kuni Qamaşi tumani Qoratepa mahallasining Şakar kişloğida yaşovçi 40 yoşli erkak 1990 yilda tuğilgan turmuş örtoği bilan janjallaşib qolgan.
Oilaviy kelişmovçilikdan söng ayol yaşaş uçun ota-onasining uyiga ketib qolgan. Ikki kundan söng, ya’ni 31 yanvar kuni esa u telefon orqali hudud profilaktika inspektori Ilyos Husanovga janjal yuzasidan murojaat qilgan.
Profilaktika inspektori fuqaro murojaatiga asosan uni turmuş örtoği bilan yaraştiriş maqsadida mahalla yettiligi vakillari bilan birga borgan. Bu holdan norozi bölgan erkak janjal kötargan hamda öz farzandini olib ketmoqçi bölgan ayolga qölidagi oşxona piçoği bilan tahdid qilgan.
Jarayonda profilaktika inspektorlari Ilyos Husanov va Azamat Tursunov erkakning qölidan piçoqni olişga harakat qilgan. Şu vaqtda huquqbuzar piçoq bilan Ilyos Husanovga tan jarohati yetkazgan. Olgan jarohatiga qaramay, profilaktika inspektori erkakning qölidan oşxona piçoğini olib, uni zararsizlantirgan.
Şundan söng jarohat olgan Ilyos Husanov tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
“Hozirgi kunda soğligim yaxşi, şifokorlar kerakli muolajalarni qilişmoqda. Bölib ötgan holatda tan jarohati olaman deb öylamagandim. Maqsadim voyaga yetmagan bola va fuqarolar tinçligini saqlaş edi”, deydi Ilyos Husanov.
Profilaktika inspektorining qonuniy talabiga rioya qilmasdan piçoq bilan tan jarohati yetkazgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi, ya’ni hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş bilan jinoyat işi qözğatildi.
Erkak protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uçun,







