Angliya: 0:5 ortidan 7:0

«Nottinghem Forest» – «Brayton» 7:0
Gollar: 1:0 – 12, avtogol Dank, 2:0 – 25 Gibbs-Uayt, 3:0 – 32 Vud, 4:0 – 64 Vud, 5:0 – 69, penalti Vud, 6:0 – 89 Uilyams, 7:0 – 90+1 Silva.
«Nottinghem Forest» – Zels, Murillo (Boli, 72), Milenkoviç, Morato, Gibbs-Uayt (Silva, 72), Uilyams, Danilo (Dominges, 65), Anderson (Sangare, 82), Ayna, Vud (Avoniyi, 82), Elanga.
«Brayton» – Verbryuggen, Lempti, Dank, van Hekke, Veltman, Hinşelvud (ÖRayli, 46), Mitoma (Adengra, 46), Joao Pedro (Gomes, 46), Ryutter, Minte, Uelbek (Fergyuson, 73).
Ogohlantirişlar: Murillo (7), Uelbek (11), Hinşelvud (20), Hyurseler (58), Verbryuggen (90).

Ötgan turda «Nottinghem» bilan bu mavsum uçun anomal voqea röy bergandi. Ha, «Bornmut» ham kuçli mavsum ötkazmoqda, faqat 0:5 — keragidan ortiqça edi. Ammo Nunu Eşpiritu Santu bir hafta içida «örmonçilar»ni öziga keltirdi va «Brayton» bilan öyinni ular öz uslubida hisobni oçiş bilan boşladi. Aniqroği, bunda Dankning APLdagi yettinçi avtogoli qöl keldi. Köp ötmay birinçi golda ham asosiy işni bajargan kiçik böyli Gibbs-Uayt (171 santimetr) burçakdan oşirilgan töpni boşi bilan darvozaga yöllab, mezbonlarning hisobdagi ustunligini oşirdi.

«Brayton» esa nimanidir özgartirişga urindi, ammo heç qanaqasiga Zelsni doğda qoldira olmadi. «Nottinghem» esa qarşi hujumlardan foydalanib ketdi va Elanga şu kuni uç golga assistentlik qildi, uning ikki pasini Vud golga aylantirdi. Mezbonlar töpurari penaltini ham aniq ijro etib, gol böyiça het-trik qildi. Va bu tarixiy voqeaga aylandi, çunki «Siti Graund» yuqori divizionda 1987 yildan buyon öz futbolçilari het-trigiga guvoh bölmagandi. Endi avstraliyalik hujumçi gollari sonini 17 taga yetkazdi va Saloh (21) hamda Holand (18) bilan raqobatlaşmoqda.

Qolaversa, hozirga qadar APL tarixida faqat bir marta oldingi öyinda 5+ gol  ötkazgan jamoa keyingi öyinda şunday farq bilan ğalaba qozonişi kuzatilgandi. 1997 yil noyabrida «Şeffild Uensdey» «MYu»ga yutqazgan (1:6), keyin esa «Bolton»ni mağlub etgandi (5:0).

«Forest» endi töplangan oçkolar soni böyiça «Arsenal»ga yetib oldi. Keyingi turlarda jamoani qiyin sinovlar kutmoqda: safarda «Fulhem» va «Nyukasl», uyda «Arsenal» va «Siti»ga qarşi öyinlar.