Vaşingtondagi samolyot va harbiy vertolyot töqnaşgan aviahalokatda barça yölovçilar va ekipaj a’zolari — jami 67 kişi halok bölgani tasdiqlandi. Tramp halokatda Bayden va Obamani ham ayblagan. Fojiadan bir neça kun ötib voqeaning yangi tafsilotlari ma’lum böldi.

Tramp Vaşingtonda American Airlines yölovçi samolyoti va armiya vertolyoti töqnaşuvi oqibatida heç kim omon qolmaganini ma’lum qildi. Samolyotda 60 yölovçi va ekipajning tört nafar a’zosi, vertolyotda esa uç nafar harbiy bor edi. AQŞ prezidenti kun oxirida Oq uydagi brifingda çiqiş qilib, Vaşingtonda American Airlines samolyoti va Black Hawk vertolyoti halokatidan heç kim omon qolmaganini ma’lum qildi. U butun tun davomida keng kölamli qidiruv-qutqaruv amaliyoti ötkazilgani, unga barça mavjud resurslar jalb etilganini bildirgan. “Bu mamlakatimiz poytaxtida va xalqimiz tarixida dahşatli fojia bölgan qoronği va oğriqli keça edi. Bizni bevaqt tark etgan har bir kişi uçun qayğuramiz”, — degan Tramp.

Qutqaruvçilar Potomak daryosida aviahalokat qurboni bölgan 40 kişining jasadini hamda bir neça kişining jasad qoldiqlarini aniqladi, ularning ayrimlari sohilga çiqib qolgan, deb xabar berilgan. Tergovçilar hisoblaşiça, samolyotdan xavfsiz çiqarib oliş mumkin bölgan jasadlarning barçasi çiqarib olingan, ammo laynerning hozirda yetib boriş qiyin bölgan dum qismida yana bir neça kişining jasad qoldiqlari qolayotgan bölişi mumkin, degan mahalliy naşrlar öz manbasiga tayanib.

Şuningdek, yölovçi samolyotda Rossiyaning kamida uç fuqarosi bölgan. Bu haqda RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. “Elçixonamiz ma’lumotlariga köra, uşbu samolyot halokati qurbonlarining uç nafarida Rossiya pasporti bölgan. Yana bir kişi, törtinçi şaxsda ham Rossiya fuqaroligi bölgani haqida taxmin bor, bu ma’lumot tekşirilmoqda”, — degan u. Şuningdek, samolyot yölovçilari orasida amerikaliklardan taşqari Xitoy va Filippin fuqarolari ham bölgan.

Aviahalokat qurbonlarining 14 nafari figurali uçiş böyiça sportçilar bölişgan. Şundan yölovçilarning olti nafari Bostondagi klubga aloqador. Avvalroq Rossiya naşrlari ham samolyotda rossiyalik figuraçilar — 1994 yil Rossiya terma jamoasi safida figurali uçiş böyiça juftlik bahslarida jahon çempioni bölgan Vadim Naumov va Yevgeniya Şişkova bölganini yozgandi.

Aviahalokat röy bergan kuni Vaşingtondagi ayeroportda dispetçerlar yetarli bölmagan, deb xabar berdi The New York Times gazetasi AQŞ Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasining (FAA) dastlabki hisobotiga tayanib. Hisobotdan ma’lum bölişiça, navbatçi dispetçerlar soni “kun vaqti va trafik hajmiga monand darajada bölmagan”. Şu kuni ayeroportdagi navbatçi aviadispetçer odatda ikki kişi şuğullanadigan işlarni yolğiz özi bajargan. Aeroport hududidagi vertolyotlar harakatini muvofiqlaştiriş uçun ham, uçib kelayotgan va uçib ketayotgan samolyotlar uçun ham bir dispetçer mas’ul bölgan, deb yozadi AP ham boşqarma hisobotiga asoslangan holda. Kunduzi bu iş bilan ikki dispetçer maşğul bölgan, ammo harakat sekinlaşgaç, bu işlarga birgina dispetçer qolgan. Odatda bunday smena soat 21:30 dan boşlangan, ammo şu kuni dispetçerlarning roli ertaroq birlaştirilgan.