Xitoyning Taihang National Laboratory aerokosmik dvigatellar tadqiqot markazi mutaxassislari sun’iy intellekt texnologiyasiga ega turboreaktiv dvigatel sinovini muvaffaqiyatli ötkazdi. South China Morning Post gazetasining yozişiça, u 4 Max (qariyb 4,9 ming km/soat) tezlikda ham «samarali va barqaror» işlay oladi.
Naşr ma’lumotlariga köra, nomi oşkor etilmagan dvigatel harbiy mahsulotlar «ta’minot zanjirini 100 foiz mahalliylaştiriş» talablariga javob beradi. Taihang National Laboratory Xitoyning J-20 qiruvçi samolyotlariga örnatilgan Taihang seriyasidagi aviadvigatellarni işlab çiqarişdagi iştiroki bilan tanilgan.
Qayd etilişiça, uşbu sinovlarga oid xabarlar XXRda tovuşdan tört barobar tezroq uça oladigan harbiy samolyot ustida işlar olib borilayotganiga ilk rasmiy tasdiq hisoblanadi. Loyiha maqsadi — Amerikaning SR-71 Blackbird’idan tezroq va takomillaşgan samolyot yaratiş.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining yangi samolyot ança tez, ammo nisbatan tejamkor bölişi haqidagi talabi konstruktorlar uçun jiddiy muammo tuğdirgan. Natijada, xitoylik olimlar dvigatel samaradorligini oşiradigan adaptiv modelni işlab çiqqan — bu unga foydalanişning deyarli barça rejimlarida «aqlli işlaş» imkonini taqdim etadi.
2024 yil dekabr oxirlarida Xitoy parvoz sinovlari vaqtida gipertovuş tezligiga erişa oladigan reaktiv samolyot prototipi yaratilganini e’lon qilgandi. Dizaynerlarning ta’kidlaşiça, yetarliça katta korpusga ega prototipli samolyot 2021 yilda sinov parvozi paytida 6,56 Max (taxminan 5033 mil/soat) tezlikka erişgan. Sinov parvozi natijalari şu vaqtgaça muhandislar va Xitoy rasmiylari tomonidan sir tutilgan.








