Qayd etilişiça, bu yil 5 million 200 ming aholini bandligini ta’minlab, 1,5 million odamni kambağallikdan çiqariş, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oşiriş reja qilingan. Yiğilişda şu borada boşlangan işlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi.
Ta’kidlanişiça, yanvar oyida 277 ming fuqaro işli bölgan. Şundan 91 ming nafari doimiy işga joylaşgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.
Kambağallikni qisqartiriş böyiça 32 ta yönalişda yangi yondaşuvlar joriy etilyapti. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almaşib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tuşuntirilib, daromad topişga kömaklaşiladi.

Iş örinlari va investitsiya özaro boğliq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oşirib, 272 mingta doimiy iş joyi yaratiş rejalaştirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, ötgan oyda Özbekistonga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham şunça investitsiya olib keliş, 623 ta loyihani işga tuşiriş közda tutilgan. Yiğilişda loyihalar böyiça manzilli işlab, sur’atni keskin oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Yil boşidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan işlab, tadbirkorlarga taşqi bozorlarga çiqişga kömaklaşiş, yangi korxonalarni eksportga jalb etiş böyiça topşiriqlar berildi.








