Ğazo uruşi qurbonlari, Vaşingtonda davom etadigan muzokara va qöşnilariga boj joriy qilgan Tramp - kun dayjesti
|18:57 / 03.02.20252 9689 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi uruş qurbonlari
Isroilning Ğazodagi 15 oylik hujumlarida halok bölganlar soni 61 ming 709 nafarga yetdi. Bu haqda Ğazo hukumati media-byurosi rahbari Salom Ma’ruf xabar bergan.
Sönggi aniqlaştirilgan ma’lumotlarga köra, Isroilning 471 kun davom etgan hujumlari natijasida halok bölgan 61 ming 709 falastinliklarning 17 ming 881 nafari bolalardir. Bu hisobga qöyilgan 14 ming kişining jasadi vayronalar ostida qolib, hozirça bedarak yöqolgan.
Markaziy «Şifo» kasalxonasi hovlisida ötkazilgan matbuot anjumanida Ma’ruf 111 ming 588 nafar kişi jarohatlanganini ta’kidladi. Şuningdek, 1155 tibbiyot xodimi, 205 jurnalist va 194 fuqarolik mudofaasi xodimi halok bölgani aytildi.
Unga köra, Isroil hujumlari sababli 2 mln kişi öz uyini tark etişga majbur bölgan. Ularning ayrimlari kamida 25 marta boşpanasini almaştirgan. Ğazoda 9268 ta oila butunlay yöq qilingan, 292 oilaning barça a’zolari halok bölgan.
Vaşingtonda Ğazo böyiça muzokaralar
Isroil va Qatar örtasida Ğazoda öt oçişni töxtatiş va mahbuslar almaşinuvi böyiça ikkinçi bosqiç muzokaralari 3 fevral kuni Vaşingtonda boşlanadi. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning devonxonasi ma’lum qildi.
Netanyahu keça, 2 fevral kuni Vaşingtonga uçib ketişi oldidan AQŞ prezidenti Donald Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Vitkoff bilan uçraşdi. Tomonlar Isroil pozitsiyasini muhokama qiliş hamda Qatar va Misr delegatsiyalari bilan maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib oldilar.
Muzokaralardan avval Vitkoff Qatar boş vaziri va taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy hamda Misr rasmiylari bilan uçraşib, jarayonni ilgari suriş uçun zarur bölgan qadamlarni muhokama qiladi.
Yaqin Şarqqa beqarorlik keltirayotgan AQŞ
HAMAS rahbarlaridan biri Sami Abu Zuhriy AQŞning falastinliklarni Ğazodan köçirib yuboriş haqidagi doimiy bayonotlari Isroilning jinoyatlariga şerik ekanini tasdiqlaşini bildirdi.
Mavzuga oid
«Falastinliklarni Ğazodan majburiy köçiriş loyihalari aqlga zid va heç qanday huquqiy asosga ega emas. Bosqinçi Isroil bunga zöravonlik bilan erişolmadi va siyosiy nayranglar bilan ham öz maqsadlariga yeta olmaydi», — dedi u.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Iordaniya, Misr va boşqa arab davlatlarini falastinlik qoçqinlarni qabul qiliş va ular uçun maxsus turar joylar barpo etişga çaqirgan edi. Biroq taşabbus keskin qarşilikka uçradi. Iordaniya, Misr, Arab davlatlari ligasi, Islom hamkorlik taşkiloti va BMT Tramp rejasini rad etdi.
Şu bilan birga, Tramp öz pozitsiyasini yana bir bor tiqiştirib, hatto Iordaniya va Misr ğazoliklarni qabul qilişga tayyor ekanini ta’kidladi.
«Ular bunga rozi böladi va albatta şunday yöl tutadi. Biz ular uçun köp iş qildik va ular bunga rozi böladi», – dedi Tramp jurnalistlarga, Qohira va Ammonga uning rejasini qabul qiliş uçun bosim ötkazilişi mumkinligi haqidagi savolga javoban.
Zelenskiy muzokaralar haqida
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina iştirokisiz Rossiya bilan ötkazilayotgan muzokaralar xavfli ekanini, uruşni tugatiş böyiça har qanday kelişuvda Ukraina iştirok etişi şartligini ta’kidladi.
Bu bilan u Trampning Rossiya bilan «juda jiddiy» muzokaralar olib borayotgani haqidagi sözlariga javob qaytardi. «Ukraina töğrisida bizsiz gapiriş hamma uçun xavfli», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, şuningdek, Rossiya bilan muloqotdan oldin u şaxsan Tramp bilan uçraşişi kerakligini ta’kidladi. «Bu juda muhim va butun Yevropa xohlaydigan narsa», — dedi u.
Uning fikriça, şundan keyingina Rossiya bilan muzokaralar haqida gapiriş mumkin böladi. Ukraina hozirça Tramp ma’muriyati bilan umumiy darajada muloqot qilib kelmoqda, biroq yaqin orada bevosita uçraşuvlar rejalaştirilgan.
Zelenskiy şuningdek, muzokaralarda AQŞ va Rossiya bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqi ham iştirok etişi lozimligini ta’kidladi. U Rossiya uruşni haqiqatan töxtatişga yoki biron yöldan qaytişga tayyor emasligini ta’kidlab, Kreml har qanday tisarilişni mağlubiyat deb hisoblaşini aytdi. Şu sababli u Tramp Rossiya energetika va bank tizimiga sanksiyalar qöllaş orqali Putinni muzokaralarga majbur qilişi mumkin, deb hisoblaydi.
Vaşington Kiyevni saylovlarga undamoqda
AQŞ prezidentining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog Kiyevga prezidentlik va parlament saylovlarini ötkaziş kerakligini ta’kidladi.
«Köplab demokratik davlatlar hatto uruş davrida ham saylov ötkazadi. Bir neçta nomzod saylovda iştirok eta olişi — bu demokratiyaning asosiy jihati: bir emas», — dedi u Reuters agentligiga.
Oq uy Ukrainada Tramp ma’muriyati umid qilayotgan Rossiya bilan ehtimoliy sulh jarayoni paytida saylov ötkaziş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Agar ovoz beriş amalga oşsa, ğolib taraf keyingi tinçlik muzokaralari uçun javobgarlikni öz zimmasiga oladi.
Ukraina hukumatiga bu haqda rasmiy taklif berilmagan, Zelenskiy esa oldin ham uruş davrida saylov ötkaziş mumkin emasligini bir neça marta ta’kidlagan.
Ukraina qonunçiligiga köra, harbiy holat davrida saylovlar bekor qilinadi. Şu sabab 2023 yilda parlament, 2024 yilda esa prezidentlik saylovlari ötkazilmagan. Rossiya bu holatdan foydalanib, Zelenskiyni «nolegitim» deb atayotgan bölsa, Ukraina rahbari Putinni tinçlik muzokaralarini çözişda aybladi.
Putin: «Yevropa Tramp oldida dumini likillatadi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga köra, Yevropa yetakçilari yangi voqelikka tezda moslaşadi. «Hammasi egasining oyoği etagiga tiz çökadi va muloyimgina dumini likillatadi», — dedi Putin.
Putin Yevropa elitalari Jo Bayden ma’muriyati davrida ham Vaşington körsatmalarini sözsiz bajarganini qöşimça qildi.
Putin ayni paytdagi yevropalik siyosatçilarni ötgan asrdagi yetakçilar bilan taqqoslab, hozirgilari mustaqillik va jasoratdan yiroqligini ta’kidladi.
Osvensim ozod qilinganining 80 yilligi munosabati bilan Rossiya rasmiylarining çaqirilmagani haqidagi savolga Putin bundan ajablanganini aytdi va bu qarorni «şarmandali» deb atadi.
AQŞdan Meksika va Kanada importiga boj
AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 fevraldan boşlab Meksika va Kanadadan keladigan barça tovarlarga 25 foizlik import boji joriy qildi. Xitoy tovarlariga esa qöşimça 10 foizlik boj kiritildi. Bu qaror Amerika bozorida narxlarni keskin oşiriş xavfini tuğdirmoqda.
Qonunçilik organlarida bu qarorga qarşi çiqişlar böldi. Çunki Trampning import bojlari avokado, pomidor, avtomobil qismlari, yuk maşinalari, neft va maişiy texnikalar narxini oşirişga olib keladi.
Tramp bu çorani savdo balansidagi muvozanatni tiklaş va noqonuniy muhojirlikka qarşi kuraşiş deb baholadi. Biroq tahlilçilar bojlar aynan Amerika iste’molçilari zimmasiga tuşişi haqida ogohlantirmoqda.
Kanada va Meksikaning rahbarlari Trampning bu qarorni adolatsiz, deb baholaşdi. Jastin Tryudo va Klaudiya Şeynbaum Trampning bu kabi qaroriga javob qaytarilişini ma’lum qildi. Xitoy esa Jahon savdo taşkilotiga şikoyat qilişini bildirdi.
Trampning Meksika va Kanadaga 25 foizlik boj joriy qilişi fond bozorlariga ham öz ta’sirini ötkazgan.
Jahon mojarolari yangi davrga ötmoqda
Jahondagi uruşlarda yirik korporatsiyalar roli oşib bormoqda. Foreign Affairs jurnaliga köra, Ukrainadagi uruş raqamli infratuzilma himoyasi xususiy kompaniyalar qölida ekanini körsatdi.
Ukraina hukumati Starlink, Microsoft, Amazon Web Services, Capella Space va Maxar Technologies bilan hamkorlikda axborot uzatiş va sun’iy yöldoş orqali kuzatuvni yölga qöydi. Microsoft Kiyevga 500 mln dollarlik yordam körsatdi, SpaceX esa Starlink xizmati uçun 80 mln dollar sarflagan.
Jurnal mutaxassislari bu modelning Tayvan mojarosida qanday işlaşini tahlil qilmoqda. Mask Tayvanni «Xitoyning ajralmas qismi», deb atagani uning Starlink’ni Taybeyda işlatişga qançalik tayyorligiga şubha uyğotmoqda.