Malayziya parlamenti Vakillar palatasining Xalqaro munosabatlar va xalqaro savdo qömitasi raisi Tuan Vong Çen bilan ötkazilgan suhbat davomida Özbekiston-Malayziya munosabatlarini, ayniqsa parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytiriş, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşiş, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça tegişli qömitalarning qöşma majlislarini ötkaziş amaliyotini joriy etiş zarurligi ta’kidlandi.

Malayziya Taşqi işlar vazirligining Afğoniston böyiça maxsus vakili Dato Ahmad A’zam bilan muzokaralar çoğida Afğonistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Malayziya tomoniga Özbekistonning Afğonistonda tinçlik va barqaror taraqqiyotni qöllab-quvvatlaş böyiça yondaşuvlari haqida ma’lumot berildi. Eldor Oripov ta’kidlaganidek, Afğonistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişi va uning mintaqalararo savdo aloqalariga qöşilişi Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaşning muhim omili hisoblanadi.

 

Öz navbatida, Dato Ahmad A’zam Özbekistonning Afğoniston masalasidagi sa’y-harakatlari va taşabbuslarini yuqori baholab, rasmiy Toşkent va Kuala-Lumpur yondaşuvlari köp jihatdan mos kelişini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida Afğoniston fuqarolari uçun qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Şuningdek, Malayziya Taşqi işlar vazirligi qoşidagi Terrorizmga qarşi kuraş böyiça Janubi-Şarqiy Osiyo mintaqaviy markazi boş direktori Dato Ganeş Şivagurunatan bilan ham uçraşuv ötkazildi.

Suhbat davomida xalqaro terrorizmga qarşi kuraşning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşildi. Jumladan, Internet tarmoğida zöravon ekstremizm tarğibotiga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, yoş avlod uçun maqsadli ma’rifiy tadbirlar ötkaziş hamda reintegratsiya va reabilitatsiya çora-tadbirlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sa’y-harakatlarni birlaştirişgina zamonaviy tahdid va xatarlarga samarali qarşi turiş imkonini berişini ta’kidladilar.