Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Vladimir Putin hamda Donald Trampning ehtimoliy uçraşuvi ötkaziladigan joy sifatida körib çiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ikki nafar rossiyalik manbasiga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşlarining sözlariga köra, sönggi haftalarda rossiyalik yuqori martabali amaldorlar Saudiya Arabistoni va BAAga taşrif buyurgan. Ammo manbalardan birining aytişiça, uşbu ğoyada «ayrim qarama-qarşiliklar» mavjud, çunki Saudiya Arabistoni hamda BAA AQŞ bilan qalin harbiy va xavfsizlik aloqalarini örnatgan. Rossiya va Ukraina örtasida ilk bor muzokaralar ötkazilgan Turkiya bu safar uçraşuv joyi sifatida körib çiqilmayapti.

Reutersʼga köra, Tramp lavozimga kirişganidan keyin birinçi bölib Saudiya Arabistonining valiahd şahzodasi Muhammad bin Salom bilan qönğiroqlaşgan. Öz navbatida Putin 2023 yilda Saudiya Arabistoni va BAAga taşrif buyurib, AQŞ hamda Rossiya örtasida mahbuslar almaşinuvini taşkil etişdagi yordami uçun Muhammad bin Salmonga minnatdorçilik bildirgan edi.

Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon hamda BAA prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Ukrainadagi uruş davomida Rossiyaga qarşi sanksiyalarga qöşilmay kelyapti. BAA Rossiya va Ukraina örtasidagi asirlar almaşinuvida vositaçi sifatida iştirok etgan. Har ikki mamlakat yetakçilari, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muntazam aloqalarni qöllab-quvvatlab keladi.

Bundan taşqari, ikki mamlakatning heç biri Putinni hibsga oliş orderini bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi hisoblanmaydi.

Kreml uşbu xabarlarga izoh berişdan boş tortgan. Saudiya Arabistoni va BAA ham mazkur masalaga oid savollarga javob qaytarmagan.

Yanvar oyida Tramp Saudiya Arabistoni va OPEK davlatlarini neft narxini pasaytirişga çaqirgan edi. «Ular bu işni nima uçun saylovgaça qilişmaganiga hayronman. Agar narxlar tuşganida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tez yakunlangan bölardi», — degan Tramp.

3 fevral kuni Tramp öz ma’muriyati Ukraina, Rossiya va «turli tomonlar» bilan uçraşuv hamda muzokaralarni rejalaştirganini aytdi, biroq boşqa tafsilotlarni oçiqlamadi. AQŞ prezidenti aynan qaysi tomonlarni nazarda tutagani noma’lum. Ikki kun oldin Tramp yana bir bor Vaşington va Moskva örtasida muhokamalar ketayotganini ta’kidlagandi.