Turkmaniston Davlat statistika qömitasi 2022 yilgi aholini röyxatga oliş jarayonining milliy tarkib, bandlik va boşqa ma’lumotlarini e’lon qildi.
Turkmanistonda sönggi aholini röyxatga oliş 2022 yil dekabr oyida bölib ötgan va 2023 yil iyul oyida aholining umumiy soni – 7 057 841 kişi ekani e’lon qilngan edi.
Yangi ma’lumotlarga köra, turkmanistonda ruslar soni 2,6 barobar, qozoqlar soni 7,4 barobar, ukrainlar soni 9 barobar kamaygani ma’lum böldi. Turkmaniston mustaqillikka erişgaç, qozoqlar, ruslar va ukrainlar Turkmanistonni ommaviy ravişda tark etib, tarixiy vataniga köçişni boşlagan. Şu bilan birga, özbeklar soni 1,6 barobar, balujlar soni esa 2,4 barobar köpaygan. Balujlarning aholi sonidagi uluşi uluşi ham oşgan, özbeklarniki deyarli özgarmagan.
Turkmaniston böyiça 642 ming özbekning aksariyati (489 ming) Doşöğiz viloyatida istiqomat qiladi. Viloyatda ularning uluşi ham 1995 yildan beri deyarli özgarmagan va 31,57 foizni taşkil qiladi. Balujlar asosan Mori viloyatida töplangan - 85 ming. Viloyat aholisiga nisbatan bu 5,29 foizni taşkil qiladi.
Ona tillar orasida, albatta, turkman tili birinçi örinda turadi. Ammo rus tilida 1995 yildagiga qaraganda 2,6 baravar kam odam sözlaşadi (348 ming kişiga nisbatan 136 ming kişi). Şu bilan birga, 478 ming kişi özbek tilini ona tili sifatida körsatgan va bu uni ikkinçi öringa qöygan. Baluj tili törtinçi örinda (rus tilidan keyin).








