Xorazm va Farğona viloyatlarida qonunbuzilişi holatlari aniqlandi.
DXX xabariga köra, Xorazm viloyatining Transport boşqarmasi boş mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaroning işonçiga kirib, boşqa bir fuqaroga tegişli bölgan va Urganç şahrida aholiga transport xizmatlari körsatişga ixtisoslaşgan MÇJga qaraşli 960 metr kvadrat böş yer maydonini kadastr idoralaridagi tanişlari orqali uning nomiga ötkazib, u yerda köp qavatli turar joy qurişi uçun tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga 135 ming AQŞ dollari talab qilib, şundan 80 ming AQŞ dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining Yozyovon tumani bölimi boş mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalanib, “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida pudratçi korxonaning reyting ballarini kötariş hamda tenderga taqdim qiliş maqsadida, haqiqatda mavjud bölmagan quriliş texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab beriş evaziga 8700 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








